08:20 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
328 0 0

Moskvada qariyalarga uyda qolish va yirik korxonalarga imkon qadar xodimlarni masofaviy tartibda ishga oʻtkazish taklif etildi.

TOSHKENT, 25 - Sputnik. Moskvada 28 sentyabrdan boshlab koronavirusga qarshi kurash choralari kuchaytiriladi. Bu haqida Moskva meri Sergey Sobyaningning bugun 25 sentyabr kuni eʼlon qilingan farmonida aytib oʻtilgan. 

Farmonda, xususan 2020 yilning 28 sentyabrdan boshlab quyidagi cheklov choralari kuchga kirishi aytib oʻtilgan:

  • 65 yoshdan katta va Moskva shahar Sogʻliqni saqlash departamenti tomonidan belgilangan roʻyxatdagi kasalliklari boʻlgan shaxslar uydan chiqmasliklari kerakligi;
  • Moskva shahrida faooliyat yuritayotgan barcha yirik korxonalariga yuqoridagi toifaga kiruvchi xodimlardan tashqari, ish joyida turib ishlashga ehtiyoj boʻlmagan barcha xodimlarni masofaviy tarbida ishga oʻtkazish;
  • Xodimlarni ish joylarida boʻlish vaqtini imkon qadar qisqartirish;
  • Shaxsiy himoya vositalaridan foydalanishda davom etish; 

Shuningdek, ommaviy tadbirlar, qariyalarning bir joyga toʻplanishi, restoran va kafelarda chilim chekishga boʻlgan taʼqiqlar ham saqlanib qoladi. 

Eslatib oʻtamiz, shu kunlarda Rossiyada yaratilgan koronavirusga qarshi "Sputnik V" vaktsining yakuniy bosqich sinovlari boʻlib oʻtmoqda. Moskva va Moskva viloyatida yil oxirida ommaviy emlash boshlanishi mumkin. 

 

Asosiy mavzular