00:09 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
314 0 0

Ispaniyadagi bu korxona ellik ming litr qizil vinodan mahrum boʻlgan. Hodisa sabablari hozircha nomaʼlum.

Avariya Ispaniyadagi Vilyamalea vino tayyorlash hududida roʻy bergan, deb xabar qiladi LAD Bible.

Taʼkidlanishicha, vino zavod hududiga yoyilib ketgan. Ichimlik saqlanishi uchun moʻljallangan tsisternada yoriq yuz bergan va qimmatbaho ichimlik aynan shu tuynuk orqali oqib ketgan.

Videodagi kadrlarda qizil vinodan iborat fontanning qanday vujudga kelgani aks etgan: ichimlik temir tsisternalardan fotnan boʻlib otilib, sanoqli daqiqalarda zavod hududida kattagina koʻlmak hosil qildi.

Hodisa oqibatida korxona umumiy hisobda 50 ming litr alkogol ichimlikni yoʻqotgan.

Baxtsiz hodisa sabablari hozircha maʼlum emas.

Asosiy mavzular