06:54 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
762 0 0

Soʻnggi oyda Rossiya davlat chegaralari yonida NATOning 30taga yaqin strategik aviatsiyalari samolyotlari qayd etilgan. NATO birlashmalari RFga bevosita yaqin hududlarda "oʻzlarining allaqanday mashqlari ustida ishlamoqdalar".

TOSHKENT, 26 sen - Sputnik. RF Mudofaa vazirligi Qurolli kuchlari Bosh shtabi qoʻmondoni Valeriy Gerasimov RTga bergan intervyusida NATO va AQShning yopiq harbiy mashqlarning yopiqligi haqida gapirdi. Uning aytishicha, NATO va Qoʻshma Shtatlar Moskvaning havoda va dengizda xavfli harbiy faoliyatning oldini olish boʻyicha bitim yuzasidan aniqlik kiritish taklifini ham mutlaqo eʼtborsiz qoldirmoqda.

Gerasimovning soʻzlariga koʻra, "Kavkaz-2020" strategik mashqlari 2019 yilning dekabrida Mudofaa vazirligi kollegiyasida eʼlon qilingan, mashqlar boshlanguniga 10 kun qolganida esa boshqa davlatlar harbiy attashelariga oʻquv mashqlari maqsadlarri, vazifalari va tarkibi haqida maʼlumot berilgan.

"Rossiya Mudofaa vazirligi umuman olganda ochiq siyosatni yuritadi… Biz Qoʻshma Shtatlar va ularning NATO bloki boʻyicha sheriklaridan javoban xuddi shunday harakatlarni koʻrmayapmiz. Xususan, ularning mashgʻulotlariga hech qachon takliflar boʻlmagan", - degan Valeriy Gerasimov.

U shuningdek, soʻnggi oyda Rossiya davlat chegaralari yonida NATOning 30taga yaqin strategik aviatsiyalari samolyotlari qayd etilganini eslatdi. Bundan tashqari, NATO birlashmalari RFga bevosita yaqin hududlarda "oʻzlarining allaqanday mashqlari ustida ishlamoqdalar".

"Biz janjalli holatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan qandaydir hodisalar roʻy berishini istamaymiz. Shu bois, bizning harbiy uchuvchilarimiz va harbiy-dengiz floti kemasi komandirlari oʻzlarini amaldagi halqaro-huquqiy hujjatlarga muvofiq bosiq tutmoqdalar", - deb qayd etgan Rossiya Bosh shtabi rahbari.

Asosiy mavzular