Armaniston uchta Ozarbayjon vertolotini urib tushirganini ma’lum qildi

© Sputnik / David GalstyanVoyennoslujashiy armanskoy armii na boyevoy pozitsii
Voyennoslujashiy armanskoy armii na boyevoy pozitsii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Armaniston Qorabog‘da Ozarbayjon Qurolli kuchlarining ikkita vertoloti va uchta uchuvchisiz uchish apparatini urib tushirdi.

TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Armaniston Qorabog‘da Ozarbayjon qurolli kuchlarining ikkita vertoloti va uchta uchuvchisiz uchish apparatini urib tushirdi. Bu haqda yakshanba, 27-sentabr kuni Armaniston Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Shushan Stepanyan ma’lum qildi.

“Arsax (Qorabog‘ning o‘ziga o‘zi bergan nomi – tahr.) havo va raketa hujumlariga uchradi... Arman tomoni dushmanning ikkita vertoloti va uchta uchuvchisiz uchish apparatini urib tushirdi. Janglar davom etmoqda”, - deya yozdi vazirlik vakili Stepanyan Facebookʼda.

Rovenskaya atomnaya elektrostansiya v Kuznetsovske, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Ozarbayjon Armaniston AESiga raketa zarbasi berish bilan po‘pisa qildi

Avvalroq yakshanba kuni tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi prezidenti matbuot kotibi Vagram Pogosan Qorabog‘da tinch mahalliy aholi, jumladan, poytaxt Stepanakert artilleriya hujumiga uchraganini ma’lum qilgan edi. U aholini yashirinishga chaqirgan edi.

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Ozarbayjon qurolli kuchlari Tog‘li Qorabog‘da hujum uyushtirishni boshlaganini ma’lum qilgan edi.

O‘z navbatida, Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armaniston qurolli kuchlari Qorabog‘ chegarasidagi aholi punklarini o‘qqa tutganini ma’lum qildi. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, fuqarolar orasida qurbonlar bor. Armaniston tomoni hozircha ushbu ma’lumotlarga yuzasidan rasmiy munosabat bildirmagan.

Yangiliklar lentasi
0