09:52 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
464 0 0

Rossiya TIV bayonotida yozilishicha, Togʻli Qorabogʻ hududida vaziyat keskinlashgan. Har ikkila tomondan oʻqqa tutish kuzatilmoqda. Qurbonlar haqida maʼlumotlar bor.

TOSHKENT, 27 sen — Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Togʻli Qorabogʻ mojarosi tomonlarini zudlik bilan oʻt ochishni bas qilishga chaqirdi.

Bayonotda yozilishicha, Togʻli Qorabogʻ hududida vaziyat keskinlashgan. Har ikkila tomondan oʻqqa tutish kuzatilmoqda. Qurbonlar haqida maʼlumotlar bor.

“Tomonlarni zudlik bilan oʻt ochishni bas qilishga va vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida muzokaralarga oʻtishga chaqiramiz”, - deyilgan Rossiya tashqi siyosiy idorasi bayonotida.

Avvalroq yakshanba kuni Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armaniston qurolli kuchlari Qorabogʻda tutash chegaralardagi aholi punktini oʻqqa tutganini maʼlum qilgan edi. Ushbu maʼlumotlarga koʻra, aholi orasida qurbonlar bor. Armaniston Mudofaa vazirligi bayonotiga koʻra, Qorabogʻ “havo va raketa hujumlariga” uchragan. Arman tomoni Ozarbayjonning ikkita vertolyoti va uchta uchuvchisiz uchish apparatini urib tushirganini xabar qildi.

Tan olinmagan Togʻli Qorabogʻ respublikasi prezidenti matbuot kotibi Vagram Pogosyan Qorabogʻda tinch mahalliy aholi, jumladan, poytaxt Stepanakert artilleriya hujumiga uchraganini maʼlum qilgan edi. U aholini yashirinishga chaqirgan edi.

Keyinchalik Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Ozarbayjon qurolli kuchlari Qorabogʻdagi tutash chegaralarda hujumga qarshi amaliyot boshlaganini maʼlum qildi. Armaniston Ozarbayjon uchta tankini qoʻldan boy berganini xabar qildi. Ozarbayjon harbiylari esa Armaniston qurolli kuchlarining 12 ta zenit komplekslari yoʻq qilinganini maʼlum qildi.

Asosiy mavzular