13:17 25 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1228)
402 0 0

Oʻn kundan buyon Rossiya poytaxtida koronavirus bilan kasallanish koʻpaymoqda. Bir necha oydan ilgari koʻrsatgich 600-700 taga tushgan boʻlsa, bugunga kelib 2000 mingtadan oshib ketdi.

TOSHKENT, 27 sen — Sputnik. Rossiyada oʻtgan kun davomida 7867 ta yangi koronavirus bilan kasallanish qayd etildi. Shulardan 2016 tasi Moskvada. Bu haqda Moskva tezkor shtabi xabar qilmoqda.

Rossiyada koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 1 151 438 nafarga yetgan. Ulardan 943 218 nafari bu kasallikni yenggan. 20 324 kishi virus qurboniga aylangan.

Moskvada koronavirus bilan kasallanganlar 285 776 nafarni tashkil etmoqda. 245 131 kishi tuzalib ketgan. 5164 kishi koronavirusdan vafot etgan.

Oʻn kundan buyon Rossiya poytaxtida koronavirus bilan kasallanish koʻpaymoqda. Bir necha oydan ilgari koʻrsatgich 600-700 taga tushgan boʻlsa, bugunga kelib 2000 mingtadan oshib ketdi.

Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova Rossiyada koronavirus bilan kasallanish holatlarining koʻpayishi fuqarolarning sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilmay qoʻyganliklari va oʻtkir respirator infektsiyalari mavsumi boshlangani bilan bogʻliqligini maʼlum qildi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Moskvada shahar meri farmoni bilan 28 sentyabrdan boshlab koronavirusga qarshi kurash choralari kuchaytirilishi xabar qilingan edi.

Worldometers maʼlumotlariga koʻra, dunyo boʻylab 32 milliondan ziyod  kishi koronavirus yuqtirib olgan. Qurbonlar soni 1 millionga yaqinlashmoqda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1228)
Teglar:
koronavirus, Moskva, Rossiya

Asosiy mavzular