23:16 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
372 0 0

Armaniston hukumati Togʻli Qorabogʻdagi hodisalar tufayli mamlakatda harbiy holat va umumiy safarbarlik eʼlon qildi.

TOSHKENT, 27 sen — Sputnik. Armaniston hukumati Togʻli Qorabogʻdagi hodisalar tufayli mamlakatda harbiy holat va umumiy safarbarlik eʼlon qildi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Nikol Pashinyan maʼlum qildi.

“Hukumat qarori bilan Armaniston Respublikasida harbiy holat va umumiy safarbarlik eʼlon qilinmoqda. Qaror eʼlon qilingandan soʻng kuchga kiradi. Qoʻshinlarga yozib qoʻyilgan shaxsiy tarkibni oʻzlarining hududiy harbiy komissarligiga hozir boʻlishga chaqiraman”, - deya yozgan Pashinyan Facebookʼda.

Togʻli Qorabogʻdagi tutash chegaralarda navbatdagi vaziyat keskinlashgani bugun ertalab maʼlum boʻldi.

Boku va Yerevan vaziyatni keskinlashtirishda bir-birini aylamoqda. Ozarbayjon Mudofaa vazirligi arman tomoni oʻt ochgani, ozarbayjon tomoni esa hujumga qarshi amaliyotni boshlaganini taʼkidlamoqda. Armaniston Mudofaa vazirligi Qorabogʻ Ozarbayjon tomonidan havo va raketa hujumiga uchraganini maʼlum qilmoqda.

Avvalroq Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Togʻli Qorabogʻ mojarosi tomonlarini zudlik bilan oʻt ochishni bas qilishga chaqirgani xabar qilingan edi.

Qorabogʻ mojarosi 1988 yilning fevralida, Togʻli Qorabogʻ avtonom viloyati oʻzining Ozarbayjon SSR tarkibidan chiqishi haqida eʼlon qilganida boshlangan edi. 1992-1994 yilgi qurollangan qarama-qarshilik davomida Ozarbayjon Togʻli Qorabogʻ va unga qarashli yettita tuman ustidan nazoratni boy bergan. 1992 yildan buyon OBSEning Minsk guruhi doirasida - hamraislar - Rossiya, AQSH va Frantsiya boshchiligida mojaroni tinch yoʻl bilan bartaraf etish boʻyicha muzokaralar oʻtkazib kelinadi. Ozarbayjon oʻz hududi yaxlitligini saqlab qolishga qattiq turib olgan. Armaniston tan olinmagan respublika manfaatlarini himoya qilib keladi, chunki Togʻli Qorabogʻ Respublikasi muzokaralar tomoni emas.

Asosiy mavzular