Tog‘li Qorabog‘da 30dan ortiq askar qurbon bo‘ldi

© Vahan Stepanyan / PAN Photo / AFPSituatsiya v Nagornom Karabaxe
Situatsiya v Nagornom Karabaxe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ozarbayjon va Armaniston orasidagi mojaro 28-sentabr kun yana qayta boshlandi. Tomonlar bir birini o‘qqa tutishi oqibatida harbiylar va tinch aholi qurbon bo‘ldi.

TOShKENT, 28 sen – Sputnik. Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi hukumati yana 15 nafar harbiylar qurbon bo‘lganini xabar qildi. Bir kun oldin ular 16 nafar askar qurbon bo‘lganini ma’lum qilishgan edi. RIA Novosti xabariga asosan. 

"28 sentabr kuni janglar vaqtida yana 15 nafar askar qurbon bo‘ldi", - deyilgan Tog‘li Qorabog‘ Mudofaa vazirligi xabarida. Vazirlik, shuningdek, qurbon bo‘lgan askarlar ismi sharifini keltirib o‘tgan. 

Yakshanba kuni ertalab Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armaniston harbiylari tomonidan Qorabog‘ chegara yaqinidagi aholi punktlari o‘qqa tutilganini xabar qilgan edi. Armaniston xabariga ko‘ra, Ozarbayjon Qorabog‘ respublikasiga havo va raketa hujumi uyushtirgan. Jumladan, tog‘li respublikaning poytaxti - Stepanakert ham o‘qqa tutilgan. Qorabog‘ va Armanistonda harbiy vaziyat kiritib, mobilizatsiya e’lon qilingan.

Zdanie MID Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Armaniston va Ozarbayjonni harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi

Eslatib o‘tamiz, Qorabog‘dagi dastlabki harbiy to‘qnashuvlar 1988-yilda boshlangan edi. O‘shanda Ozarbayjon tarkibiga kiruvchi Tog‘li-Qorabog‘ avtonom viloyati Respublika tarkibidan chiqishini e’lon qilgan edi. 1992 - 1994-yillarda bo‘lib o‘tgan jangovor to‘qnashuvlardan so‘ng Ozarbayjon Qorabog‘ va uning atrofidagi 7ta tuman ustidan nazoratni yo‘qotgan edi. Shu vaqtdan beri ushbu hududda tinchlik o‘rnatish muzokaralari olib borilmoqda. Ozarbayjon o‘z hududdiy yaxlitligini saqlab qolishni, Armaniston esa Tog‘li Qorabog‘ni himoya qilishni istaydi. 

Yangiliklar lentasi
0