18:26 21 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1222)
102810

AQSH akulalarni himoya qilish guruhi mutaxassislari COVID-19ga qarshi vaktsinani yaratish uchun qancha akula oʻldirilishi mumkinligini hisoblashdi.

TOSHKENT, 28 sen — Sputnik. Kaliforniyada akulalarni himoya qilish guruhi ekspertlar koronavirusga qarshi vaktsina ishlab chiqarish uchun 500 ming bosh akula oʻldirilishi mumkinligini maʼlum qildi. Bu haqda RIA Novosti Telegraph gazetasiga asosan xabar qildi.

Taʼkidlanishicha, akula jigari hosil boʻladigan skvalen moddasi ayrim COVID -19 vaktsinalarining tarkibiy qismi hisoblanadi.

Buyuk Britaniya GlaxoSmithKline farmatsevtika kompaniyasi grippga qarshi vaktsina tayyorlashda akula jigaridan olinadi skvalen moddasidan foydalanadi.

Kompaniya may oyida koronavirusga qarshi vaktsinalarda ushbu qoʻshilmani tayyorlash uchun milliard dozani ishlab chiqarish rejalashtirayotganini maʼlum qilgandi.

Shark Allies akula himoyachilari guruhi maʼlum qilishicha, dunyodagi barcha odamlar skvalen oʻz ichiga olgan  COVID-19 vaktsina bilan emlanishi uchun taxminan 250 000 akulani oʻldirish kerak boʻladi, agar har bir kishiga ikkita emlash kerak boʻlsa, bu hisob ikki baravarga koʻpayadi.

Ammo, GlaxoSmithKline vakili kompaniyaning "atrof-muhit asrash tamoyillariga qatʼiy rioya qilishi va iloji boricha muqobil xomashyo manbalaridan foydalanish yoʻllarini oʻrganishini" taʼkidladi.

Iyul oyi boshida Buyuk Britaniya hukumati ikki farmatsevtika kompaniyasi - Frantsiyaning Sanofi va Britaniyaning GlaxoSmithKline (GSK) bilan 60 million doza COVID -19ga qarshi vaktsina yetkazib berish toʻgʻrisida shartnoma tuzdi. Yil oxiriga qadar kompaniyalar koronavirusga qarshi vaktsinani klinik sinovlarining uchinchi bosqichini boshlashga umid qilmoqda. Aprel oyida Sanofi va GlaxoSmithKline (GSK) kompaniyalari birgalikda koronavirusga qarshi vaktsina yaratishini maʼlum qildi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1222)

Asosiy mavzular