18:02 21 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1221)
17820

Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya jamgʻarmasi (RFPI) Belarusga koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaktsinasining birinchi partiyasini yetkazib berdi.

TOSHKENT, 28 sen — Sputnik. Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya jamgʻarmasi (RFPI) Belarusga koronavirusga qarshi “Sputnik V”  vaktsinasining birinchi partiyasini yetkazib berdi. Koʻngillilarga emlash 1 oktyabrdan boshlanadi.

Belarus Rossiyada roʻyxatdan oʻtganidan keyin “Sputnik V”   vaktsinasini klinik sinovlarini boshlagan birinchi mamlakat boʻldi.

"1 oktyabr kuni Belarus Respublikasi “Sputnik V”   vaktsinasini koʻngillilarga emlashni boshlaydi. RFPI 100 kishi ishtirokidagi ushbu klinik sinovni moliyalashtiradi", deyilgan xabarda.

Klinik sinovlar Belaruning ilmiy markazlari sifatida tanlangan 8ta tibbiyot muassasalarida oʻtkaziladi. Belarusning ikkita klinikasi vaktsinaning birinchi partiyasini qabul qildi.

“Sputnik V” vaktsinasining shu kabi klinik sinovlarini oʻtkazish boshqa qator mamlakatlarda, shu jumladan Braziliya, Hindiston, Saudiya Arabistoni, Misr va Birlashgan Arab Amirliklarida rejalashtirilgan.

RFPI rahbari Kirill Dmitriyevning soʻzlariga koʻra, Rossiya vaktsinasi asosida boʻlgan inson adenovirusi asosida vektor platformasi sogʻliq uchun xavfsizdir, oʻnlab yillar davomida 250 dan ortiq klinik tadqiqotlarda sinovdan oʻtgan. Shu oʻrinda, Gʻarb vaktsina  ishlab chiqaruvchilari uzoq vaqt davomida eksperimental, kam oʻrganilgan va sinovdan oʻtkazilmagan texnologiyalarga tayanib, klinik sinovlarida toʻsiqlarga duch kelmoqda, bu esa preparatning fuqarolik muomalasiga kiritishni kechiktiradi va koronavirusga qarshi kurashga salbiy taʼsir qiladi.

Rossiya sogʻliqni saqlash vazirligi dunyodagi birinchi koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaktsinasini avgust oyida roʻyxatga oldi. U Gamaleya nomidagi markaz tomonidan yaratilgan va Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilmoqda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1221)

Asosiy mavzular