13:47 23 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
126 0 0

COVID-19 qurbonlari soni bugunga kelib bir milliondan oshib ketgan. Dunyo boʻylab 33,5 milliondan ziyod kishi koronavirus yuqtirib olgan.

TOSHKENT, 29 sen — Sputnik. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti  (JSST) sogʻliqni saqlash boʻyicha favqulodda vaziyatlar dasturi direktori Maykl Rayan koronavirus bilan bogʻliq oʻlim holatlarining soni rasmiy maʼlumotlardan koʻra, hoynahoy, kamroq ekanini maʼlum qildi.

“Sizni tinchlantirish uchun - mamlakatlardagi baxtsiz hodisalar yoki boshqa kasalliklarning COVID-19 ga yozib qoʻyilishi dargumon. Ehtimol, bu hisob-kitoblar mukammal emasdir. Bu raqamlar koronavirus bilan bogʻliq barcha holatlarini (COVID dan oʻlim – tahr.) oʻz ichiga olmaydi deb taxmin qilish mumkin”, – dedi Rayan onlayn brifingda. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirmoqda.

JSST 11 mart kuni yangi koronavirus tarqalishini pandemiya deb eʼlon qildi.

COVID-19 qurbonlari soni bugunga kelib bir milliondan oshib ketgan. Dunyo boʻylab 33,5 milliondan ziyod kishi koronavirus yuqtirib olgan.

Worldometers maʼlumotlariga koʻra, eng koʻp oʻlim AQSH (209 ming), Braziliya (142 ming) va Hindistonda (96 ming) qayd etilgan.

Asosiy mavzular