09:46 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
196 0 0

Sudning qayd etishicha, ayol nitrit natriy odamlar uchun xavfli boʻlishini bilgan holda ikki marotaba oʻch olish maqsadida bu moddadan foydalangan. Van Yun, koʻplab bolalar u zaharlagan boʻtqani isteʼmol qilishlarini bilgan, ammo bu ham uni toʻxtata olmagan.

TOSHKENT, 29 sen – RIA Novosti. Xitoyning Xenan provintsiyasi Tszyaotszo shahri oʻrta darajadagi xalq sudi bolalarning zaharlanishi tufayli bogʻcha tarbiyachisini oʻlim jazosiga hukm qildi, deya xabar qiladi sud hujjatlariga tayangan holda RIA Novosti.

Ayblanuvchi Van Yun "Menmen" bolalar bogʻchasida faoliyat yuritgan va oʻsha vaqtda oʻrta guruhning Sun familiyali tarbiyachisi bilan oʻrtalarida nizo chiqqan. Ayol hamkasbidan oʻch olishga qaror qiladi va 2019 yilning 27 mart sanasida Sun qaraydigan guruh bolalari uchun moʻljallangan boʻtqa ichiga nitrit natriy moddasini aralashtiradi. Oqibatda 25 nafar bola kasalxonaga yotqiziladi, ulardan biri keyinchalik kasalxonada vafot etadi.

Surishtiruv davomida Van Yun shaxsiy muammolarini hal qilish payida bundan oldin ham nitrit natriy moddasidan foydalanganligi maʼlum boʻladi. Xususan, 2017 yilda ayol maishiy muammolar tufayli eri bilan janjallashib qoladi va erkakdan oʻch olish maqsadida Van Yun 2017 yilning fevralida internet orqali nitrit natriyni xarid qilib, uni bir stakan suv ichiga aralashtiradi. Bu suvni ichgan erkakda zaharlanish holati yuz beradi, ammo bu organizm uchun jiddiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi.

Sudning qayd etishicha, ayol nitrit natriy odamlar uchun xavfli boʻlishini bilgan holda ikki marotaba oʻch olish maqsadida bu moddadan foydalangan. Van Yun, koʻplab bolalar u zaharlagan boʻtqani isteʼmol qilishlarini bilgan, ammo bu ham uni toʻxtata olmagan.

Sud shuningdek, Van Yunning jinoiy motivlari xuddi amalga oshirilgan va ogʻir oqibatlarga olib kelgan jinoyat singari "qabih"ligini taʼkidlab, shu bois, ayol qonunga muvofiq oʻta keskin jazolanishi kerakligini qayd etgan.

Asosiy mavzular