12:48 25 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
54010

Sobiq ittifoq prezidenti Mixail Gorbachyov yadroviy qurollanish poygasi nazoratdan chiqib ketishidan xavotir bildirgan.

TOSHKENT, 29 sen — Sputnik. Sobiq ittifoq prezidenti Mixail Gorbachyov AQSH prezidenti saylovlarniing  boʻlgʻusi gʻolibini paysalga solmasdan  Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv oʻtkazishga chaqirdi. Bu haqda u “The Times” nashriga bergan intervyusida maʼlum qildi.

Gorbachyov yadroviy qurollanish poygasi nazoratdan chiqib ketishidan xavotir bildirgan.

“Vaziyat oʻta tahlikali. Saylov natijalaridan qatʼi nazar, hozirgi muzlik davridan chiqish uchun muloqotni tiklashimiz zarur. Har ikki mamlakat prezidentlari tomonidan kuchli turtki darkor”, — deya fikrlari bilan oʻrtoqlashgan u.

Gorbachyov Rossiya va Qoʻshma Shtatlar “ikkinchi Reykyavik”ni oʻtkazishlari shart deb hisoblaydi (u Ronald Reygan bilan 1986 yili Islandiyada oʻtkazgan uchrashuvini koʻzda tutgan).

“1980-yillar oʻrtalarida Sovet ittifoqi va AQSH oʻrtasidagi munosabatlar hozirgidan ancha murakkab edi. Shunga qaramay, oʻzaro ishonch, tushunish, muloqot orqali muammoga yechim topa olganmiz”, — deya taʼkidladi SSSR sobiq prezidenti.

Siyosatchi AQShning yangi yadroviy qurol yaratish borasidagi rejalaridan qattiq tashvishda ekanini ham bildirdi.

AQShda prezident saylovlari 2020 yilning 3 noyabr kuni boʻlib oʻtadi. Ikkinchi muddatga nomzodini ilgari surayotgan Donald Tramp va Demokratlar vakili Jo Bayden oʻrtasida prezidentlik kursisi uchun kurash kechadi.

Strategik hujumkor qurollanishni (SNV-3) qisqartirish toʻgʻrisidagi shartnoma AQSH va Rossiya oʻrtasidagi qurollanishni cheklashga qaratilgan amaldagi yagona shartnoma. Uning amal qilish muddati 2021 yilning 5 fevralida oʻz nihoyasiga yetadi. Putin ushbu shartnomani ortiqcha shartlarsiz yana besh yilga uzaytirishni taklif qilgan. Oq uy esa shartnomaga Xitoyni ham qoʻshib, Moskva, Pekin va Vashington oʻrtasida yangi uch tomonlama shartnoma tuzish zarurligini taʼkidlamoqda. Xitoy bu gʻoyadan bosh tortmoqda.

Rossiya hukumati Moskva AQShning ushbu shartnomani uzaytirishga boʻlgan kayfiyatini koʻrmayotganini taʼkidlagan edi. Rossiya TIV Sergey Lavrov avvalroq amerikalik hamkorlarning amalga oshmaydigan talablari, jumladan, Xitoy ishtirokiga doir taalablarini qanoatlantirmasligini maʼlum qilgan edi.

Asosiy mavzular