12:26 25 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1228)
280 0 0

Avvalroq Janubiy Koreya prezidenti maʼmuriyati Putin koreyalik hamkasbi Mun Chje In bilan telefon orqali suhbat chogʻida Koreyaga borishga tayyorligini bildirganini xabar qilgan edi.

TOSHKENT, 29 sen — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin haqiqatdan ham Janubiy Koreya yetakchisiga koronavirusga qarshi emlangandan soʻng Seulga borishga vaʼda berdi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov maʼlum qildi.

Avvalroq Janubiy Koreya prezidenti maʼmuriyati Putin koreyalik hamkasbi Mun Chje In bilan mamlakatlar oʻrtasidagi diplomatik aloqalar oʻrnatilganiga 30 yil toʻlishi munosabati bilan telefon orqali suhbat chogʻida Koreyaga borishga tayyorligini bildirganini xabar qilgan edi.

“Ha, haqiqatdan ham, Putin kecha uning janubiy koreyalik hamkasbi tiklagan amaldagi taklifnomaga ega. Va Putin u emlanish haqida qaror qabul qilgach, payti kelib bu iltifotli taklifdan albatta foydalanish niyatida ekanini tasdiqladi”, - dedi Peskov RIA Novostiga.

Rossiya dunyodagi birinchi koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaktsinasini avgust oyida roʻyxatga oldi. U Gamaleya nomidagi markaz tomonidan yaratilgan va Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilmoqda.

Shuningdek, Rossiyada “Vektor” markazi tomonidan yaratilgan vaktsina klinik sinovdan oʻtmoqda. Kuni kecha Rossiya SSV Chumakov nomidagi Ilmiy markaz tomonidan yaratilgan koronavirusga qarshi vaktsinaning klinik sinovlariga ruxsatnoma berdi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1228)
Teglar:
Janubiy Koreya, Putin, Sputnik V, koronavirus, vaktsina

Asosiy mavzular