17:25 21 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
119630

Turkiyaning F-16 qiruvchisi Armaniston HHKga qarashli boʻlgan Su-25 samolyotini urib tushirdi – Armaniston mudofaa vazirligi.

TOSHKENT, 29 sen — Sputnik. Turkiyaning F-16 qiruvchisi Armaniston HHKga qarashli boʻlgan Su-25 samolyotini urib tushirdi. Bu haqda Armaniston Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Shushun Stepanyan Facebook sahifasida post yozdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Togʻli Qorabogʻ: Ozarbayjon va Armaniston oʻq otishni toʻxtata oladimi?
Sputnik/RUPTLY/ TV/Gosudarstvennыe uchrejdeniya Azerbaydjana i Armenii

“Jangovar vazifani bajarayotganda, Turkiya havo kuchlarining koʻp funktsiyali F-16 qiruvchisi Armaniston havo hududi ustida Armaniston HHK qarashli boʻlgan Su-25 hujum samolyotini urib tushirdi. Uchuvchi qahramonlarcha halok boʻldi ”, - deyilgan postda.

Mudofaa vazirligi vakilining soʻzlariga koʻra,  F-16 qiruvchisi Ozarbayjonning “Gyanja” aerodromidan uchib chiqqan va Vardenis, Mets Masraa, Sotka yaqinida joylashgan Armaniston harbiy boʻlinma va aholi punktlariga zarba bergan

Stepanyan taʼkidlashicha, Turkiyaning F-16 qiruvchisi  60 km masofaga respublikaning ichkariga uchib kirgan.

Ozarbayjon mudofaa vazirligining matbuot kotibi bu xabarlarni yolgʻon va provokatsion deb atadi, Ozarbayjon HHKda  F-16 qiruvchilar yoʻqligini maʼlum qildi.

Asosiy mavzular