05:44 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
28910

Britaniyalik diplomatlarning qayd etishicha, restriktsiyalar "Belarusda inson huquqlarining qoʻpol ravishda buzilishiga aloqador" boʻlganlarga nisbatan joriy etiladi

TOSHKENT, 29 sen — Sputnik, Mariya Tabak. Buyuk Britaniya va Kanada Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, uning oʻgʻli Viktor va mamlakatning bir nechta yuqori martabali hukumat aʼzolariga qarshi sanktsiyalarni kiritdilar, deb xabar bermoqda britaniya TIV.

Cheklov choralari Birlashgan Qirollikka kirish va sakkiz kishiga nisbatan, xususan, Lukashenkoning oʻzi, uning oʻgʻli, milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchi Viktor Lukashenkoga, prezident arministratsiyasi rahbari Igor Sergeyenkoning, ichki ishlar vaziri Yuriy Karayev, ichki ishlar vaziri oʻrinbosarlari Aleksandr Barsukov va Yuriy Nazarenko, IIV ichki qoʻshinlari qoʻmondoni oʻrinbosari Xazalbek Atabekov va Maxsus politsiya minsk boʻlinmasi rahbari Dmitriy Balabilarning aktivlarini muzlatishni koʻzda tutadi. 

Britaniyalik diplomatlarning qayd etishicha, restriktsiyalar "Bularusda inson huquqlarining qoʻpol ravishda buzilishiga aloqador" boʻlganlarga nisbatan joriy etiladi.

"Dunyo hamjamiyatining koʻplab daʼvatlariga qaramay, Aleksandr Lukashenko shafqatsiz repressiyalarni kuchaytirgan oppozitsiya bilan muloqotga kirishishdan bosh tortdi", — deyiladi Buyuk Britaniyaning Rossiyadagi elchixonasi xabarida.

London cheklovlarni joriy yil iyul oyida kuchga kirgan "inson huquqlarini poymol etganligi uchun sanktsiyalarning britan rejimi" (Global Human Rights Sanctions Regime) doirasida qoʻllagan.

"Buyuk Britaniya mustaqil sanktsiyalar rejimi inson huquqlarini jiddiy ravishda buzadiganlarga Buyuk Britaniyaga sayohat qilishni, britan banklari orqali pul oʻtkazishni yoki Buyuk Britaniya iqtisodiyotidan biron bir foyda olishni taqiqlashga imkon beradi", - deya aniqlik kiritgan diplomatik vakolatxona.

Belarusdagi voqealar

Belarusdagi ommaviy noroziliklar 9 avgust kuni, prezident saylovlarida oltinchi marotaba Lukashenko gʻalaba qozongach boshlangan edi. MSK maʼlumotlariga koʻra, u 80,1 % ovoz olgan. Oppozitsiya saylovlarda Svetlana Tixanovskaya gʻalaba qozondi deb hisoblaydi. Tixanovskayaning oʻzi mamlakatni tark etishga qaror qildi va Litvaga yoʻl oldi.

Aktsiyaning ilk kunlarida kuch tuzilmasi xodimlari protest qatnashchilariga nisbatan koʻz yosh chiqaruvchi gaz, vodomyot, shovqin granatalari, rezina oʻqlarni ishlatishgan. Soʻngra, huquq tartibot organlari mitinglarni tarqatishni va kuch metodlaridan foydalanishni toʻxtatishdi.

Lukashenko AQShni Belarusdagi noroziliklarni tashkil etganlikda aybladi. Prezidentning aytishicha, yevropa mamlakatlari Vashingtonga yon bosmoqda va hammasini "aytilganidek bajarishmoqda". Belarus yetakchisining soʻziga koʻra, Gʻarb Minskni Moskvaga qarshi qayramoqchi.

23 sentyabr kuni Lukashenkoning inauguratsiyasi boʻlib oʻtgach, bu yangi norozilik aktsiyalarini yuzaga keltirdi, aktsiyalar ishtirokchilari kuch metodlari va vodomyotlar yordamida tarqatildi.

Asosiy mavzular