Armanistonning Su-25i urib tushirilgani bu - yolg‘on! - Ozarbayjon

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishShturmovik Su-25 SM VVS Rossii
Shturmovik Su-25 SM VVS Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Turkiya F-16 samolyoti Armaniston Su-25 samolyotini urib tushirgani haqida xabarlar - yolg‘on", - dedi Ozarbayjon prezidenti yordamchisi. 

TOShKENT, 30 sen - Sputnik. Ozarbayjon prezidenti yordamchisi Xikmet Gadjiyev Turkiyaning F-16 qiruvchisi tomonidan Armanistonning Su-25 samolyoti urib tushirilgani haqidagi xabarni inkor qildi

"Armanistonga tegishli Su-25 samolyoti Turkiyaning F-16 samolyoti tomonidan urib tushirilgani - bu mutlaq yolg‘on, bo‘lmagan gap", - dedi Gadjiyev RIA Novostiga.

Gadjiyev, shuningdek, Armanistonga radarlarni diqqat bilan kuzatishni tavsiya qildi. 

"Qayerda qanday samolyot osmonga ko‘tarilayotgani radarlarda juda yaxshi ko‘rinib turibdi. Ozarbayjon radarlarida Armaniston hududida Su-25 samolyoti havoga ko‘tarilgani haqida umuman ma’lumot yo‘q", - dedi prezident yordamchisi.  

Samolet F-16 VVS Tursii - Sputnik O‘zbekiston
Turkiya qiruvchisi Armaniston Su-25 samolyotini urib tushirdi

Eslatib o‘tamiz, 29-sentabr kuni Armaniston mudofaa vazirligi Turkiya F-16 samolyoti Armaniston havo hududida Su-25 samolyotini urib tushirgani haqida xabarlar tarqatilgan edi. 

Hammasi qanday boshlangan edi

27 sentabr kuni Ozarbayjon mudofaa vazirligi Armaniston Harbiy kuchlari Qorabog‘dagi chegara chizig‘i yaqinida joylashgan aholi punktlarini raketa va havo orqali o‘qqa tutganini xabar qilgan edi. Ular aytishiga qaraganda harbiylar va tinch aholi orasida qurbonlar bo‘lgan.  

Yerevan, o‘z navbatida, Qorabog‘da Ozarbayjon harbiylari hujum boshlaganini xabar qilishdi.Xususan Stepanaket shahri raketalar bilan o‘qqa tutilgani xabar qilindi.Shundan so‘ng Armanistonda harbiy vaziyat va umumiy mobilizatsiya e’lon qilingan edi. Rossiya va qator xorijiy davlatlar ikkala tomonni ham muammoni muzokaralar yo‘li bilan hal qilishga chaqirmoqda. 

 

Yangiliklar lentasi
0