21:17 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
132 0 0

Umuman olganda, Donald Tramp va Jo Baydenning jonli efirdagi birinchi munozaralari oʻzaro bir-birini gapini boʻlish va ayblovlardan boshlandi.

TOSHKENT, 30 sen — Sputnik. Demokratik partiyadan AQSH prezidentligiga nomzod Jo Bayden birinchi munozaralar chogʻida amaldagi prezident Donald Trampni mamlakat tarixidagi eng yomon prezident deb atadi. Amerika markaziy telekanallari nomzodlar munozaralarini toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatdi.

Baydenning fikriga koʻra, hech kim Trampga qaraganda davlat rahbari majburiyatlarini yomonroq uddalamagan.

“Siz Amerika tarixida boʻlgan eng yomon prezident”, - dedi Bayden.

Umuman olganda, munozaralar oʻzaro bir-birini gapini boʻlish va ayblovlardan boshlandi. Tramp bir necha marta Baydenga gapini oxirigacha aytishga qoʻymadi, shundan keyin Bayden undan ovozini oʻchirishni soʻradi.

AQSH prezidenti saylovlari 3 noyabr kuni boʻlib oʻtadi. Unga qadar prezidentlik kursisiga asosiy daʼvogar Donald Tramp va Jo Bayden jonli efirda yana ikki marta yuzlashishi kerak.

Asosiy mavzular