13:36 23 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
230 0 0

Qozogʻiston koronavirus pandemiyasi tufayli yangi davlatlar bilan aviaparvozlarni qayta tiklamaslikni taklif etishmoqda.

TOSHKENT, 30 sen — Sputnik. Qozogʻiston Sogʻliqni saqlash vazirligi 5 oktyabrdan boshlab yangi davlatlar bilan avia-parvozlarni qayta tiklashni vaqtinchalik toʻxtatishni taklif etmoqda. Bu haqda hukumat yigʻilishida respublika Sogʻliqni saqlash vazirligi Aleksey Tsoy xabar qilgan.

Uning soʻzlariga koʻra, chet davlatlarda holat yomonlashganini hisobga olgan holda, koronavirus infektsiyasining tarqalishini oldini olish maqsadida 5 oktyabrdan boshlab boshqa davlatlar bilan avia-parvozlarni ochishni vaqtinchalik toʻxtatish, shuningdek, avia-parvozlar hozirda qayta tiklangan davlatlar bilan reyslar sonini oshirmaslik lozim.

U shuningdek, Turkiyaga avia-reyslar soni qisqartirilishi ehtimoli borligini qoʻshimcha qildi.

Vazirga koʻra, "ikkinchi kategoriya" davlatlardan, xususan, Shveytsariya, Buyuk Britaniya, Polsha, Italiya, Vengriya, qator boshqa yevropa davlatlari, shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Hindiston, Armaniston, Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari - Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Tojikistondan kirib kelayotgan yoʻlovchilar uchun sanitar nazorat joriy qilish lozim.

Bu davlatlardan kelayotgan yoʻlovchilarning temperaturasini oʻlchash, anketalashtirishni oʻtkazish kerak, shuningdek, kelayotganlar koronavirusga manfiy test javobini taqdim etishlari kerak boʻladi.

Xuddi shunday talablar, vazir taʼkidiga koʻra, YEOII mamlakatlari bilan davlat chegara oʻtkazish punktlarida, shuningdek, Oʻzbekiston bilan chegarada joriy etilishi kerak.

Asosiy mavzular