08:16 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
37810

AQShning Arizona shtatidagi Yuma poligonida harbiy oʻquv mashgʻulotlar davomida LIDAR robotlari sinovdan oʻtdi.

TOSHKENT, 30 sen — Sputnik. AQShning Arizona shtatidagi Yuma poligonida harbiy mashqlar davomida LIDAR robotlari sinovdan oʻtdi. Breaking Defense nashri yozishicha, robotlarning nishoni Rossiyaning T-72 tanki boʻldi. RIA Novosti xabariga asosan.

Kichik pilotsiz uchar qurilma bilan jihozlangan bu robotlar 3,5 milliondan ortiq harbiy texnikalarning suratlari asosida T-72 tankini Aided Target Recognition (ATR) algoritmi yordamida aniqladi.

Sunʼiy intellekt nishon haqida maʼlumotlarni yukladi, chunki uning oʻrnatilgan qurolining nishonga olishi tankni yakson qilish uchun yetarli boʻlmadi, u operatorning roziligi bilan artilleriyani yordamga chaqirdi.

Breaking Defense bundan oldin Rossiya va Xitoy bilan bogʻliq xavotirlar tufayli AQSH armiyasi artilleriya tizimlarini oʻq otish uchun joylashtirish vaqtini 20 soniyagacha qisqartirgani haqida xabar bergan edi.

Asosiy mavzular