23:17 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
255 0 0

Yangi vaktsina insonda bir umrlik immunitet hosil qilmaydi, lekin yarim yil davomida virusdan himoya qilishi mumkin. 

TOSHKENT, 30 sen - Sputnik. "Vektor" - Davlat biotexnologiyalar va virusologiya ilmiy markazi mutaxassislari koronavirusga qarshi ishlab chiqilgan vaktsinaning klinik sinovlarini tugatdi, deb xabar qilmoqda "Rospotrebnadzora" rahbari Anna Popova.

"Vektor"da vaktsinaning klinik sinovlari bugun tugatildi, Chumakov nomli institutda sinovlar davom etmoqda", - dedi Popova NTV telekanali efirida. 

Biroz oldin "Vektor" markazi tomonidan ishlab chiqilgan "EpiVakKorona" vaktsinasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga roʻyxatdan oʻtkazish uchun yuborilgan edi. Vaktsinani roʻyxatdan oʻtkazish 15 oktyabrda tugatish rejalashtirilgan. Shundan soʻng vaktsina koʻngillilarda sinovdan oʻtkazish boshlanadi. 

Birinchi bosqich sinovlarida ushbu vaktsina oʻzining xavfsizligini va samaradorligini namoyish qilgan. Yangi vaktsina insonda bir umrlik immunitet hosil qilmaydi, lekin yarim yil davomida virusdan himoya qilishi mumkin. 

Asosiy mavzular