18:11 21 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
563 0 0

AQSH prezidentligiga nomzod Jo Bayden birinchi munozaralar chogʻida Trampni “Putinning kuchukchasi” deb aytdi.

TOSHKENT, 30 sen — Sputnik. AQSH prezidentligiga nomzod Jo Baydenning Tramp “Putinning kuchukchasi” deb aytgan soʻzlari AQSH siyosiy madaniyatining namoyon boʻlishidir. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov maʼlum qildi.

“Biz dunyodagi hamma kabi AQShdagi saylov kampaniyalari jarayonini kuzatyapmiz. Biz befarq boʻlib qololmaymiz, chunki u jahonning eng yirik iqtisodiy davlatlaridan biri. Albatta, AQShda yangi siyosiy madaniyati, saylov madaniyati namoyon boʻlishini kuzatmoqdamiz”, - dedi Peskov. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Amaldagi AQSH prezidenti Donald Tramp va Demokratik partiyadan davlat rahbari lavozimiga nomzod Jo Baydenning birinchi munozaralari 29 sentyabr kuni boʻlib oʻtdi. U 95 daqiqa davom etdi. Amerika markaziy telekanallari nomzodlar munozaralarini toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatdi.

Prezidentlikka asosiy daʼvogar Tramp va Bayden munozaralar davomida bir-birini gapini hamisha boʻlib turdi va bir-birini turli muammolarda aybladi. Shuningdek, qoʻpol iboralardan foydalanishdi.

AQSH prezidenti saylovlari 3 noyabr kuni boʻlib oʻtadi. Unga qadar prezidentlik kursisiga asosiy daʼvogar Donald Tramp va Jo Bayden jonli efirda yana ikki marta yuzlashishi kerak.

Asosiy mavzular