13:56 23 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
46410

Rossiya, AQSH va Frantsiya prezidentlari mintaqadagi keskinlikni qatʼiyan qoralashdi va tomonlarni zudlik bilan oʻt ochishni toʻxtatishga chaqirishdi.

TOSHKENT, 1 okt — Sputnik. Rossiya, AQSH va Frantsiya prezidentlari Vladimir Putin, Donald Tramp va Emmanuel Makron Togʻli Qorabogʻdagi vaziyatga oid qoʻshma bayonot berdi.

Davlat rahbarlari mintaqadagi keskinlikni qatʼiyan qoralashgan va tomonlarni zudlik bilan oʻt ochishni toʻxtatishga chaqirishgan.

“Biz ishtirok etayotgan tomonlarning qurolli kuchlari oʻrtasidagi harbiy harakatlarni zudlik bilan toʻxtatishga chaqiramiz. Shuningdek, biz Armaniston va Ozarbayjon rahbarlarini zudlik bilan vijdonan va dastlabki shartlarni ilgari surmasdan YEXHTning Minsk guruhi hamraislari koʻmagida hal qilish boʻyicha muzokaralarni tiklashga chaqiramiz”, - deyiladi Kreml saytida eʼlon qilingan qoʻshma bayonotda.

Dunyoda Togʻli Qorabogʻ mojarosiga qanday munosabat bildirildi va kim "olovga yogʻ quymoqda"?

Shuningdek, prezidentlar halok va yaradorlar boʻlganlarning oilalariga hamdardlik bildirishgan.

Asosiy mavzular