06:00 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
31802

Qozogʻiston hukumati 5 oktyabrdan boshqa mamlakatlar bilan parvozlarni qayta tiklashni vaqtincha toʻxtatib qoʻyishga qaror qildi.

TOSHKENT, 1 okt — Sputnik. Qozogʻiston 5 oktyabrdan boshqa mamlakatlar bilan parvozlarni qayta tiklashni vaqtincha toʻxtatib qoʻyadi. Bu haqda Sputnik Qozogʻiston xabar qilmoqda.

“Qozogʻistonga infektsiya olib kirilishining oldini olish maqsadida idoralararo komissiya joriy yil 5 oktyabridan quyidagi qarorga keldi: boshqa mamlakatlar bilan aviaqatnovlarni qayta tiklashni vaqtincha toʻxtatib qoʻyish, aviaqatnov tiklangan mamlakatlar bilan reyslar sonini koʻpaytirmaslik, Turkiyaga reyslar sonini qisqartirish”, - dedi mamlakat sogʻliqni saqlash vaziri Aleksey Tsoy.

Vazirning soʻzlariga koʻra, aviaqatnov tiklangan mamlakatlardan kelayotganlar uchun quyidagi majburiy talablar oʻrnatiladi: haroratni oʻlchash, anketa toʻldirish, soʻnggi 72 soat ichida koronavirusga topshirilgan test tahlili.

Agar maʼlumotnoma boʻlmagan taqdirda mamlakatga kelganlar COVID-19 ga laboratoriya tahlilini oʻtkazish uchun ikki kungacha karantin statsionarida yakkalanadi.

Muqobil talablar YEOII mamlakatlari va Oʻzbekiston bilan davlat chegarani avtomobilda va piyoda kesib oʻtayotganlar uchun ham qoʻllaniladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Qozogʻiston SSV yangi mamlakatlar bilan muntazam parvozlarni qayta tiklamaslikni taklif qilgani edi.

Oʻzbekiston va Qozogʻiston 11 sentyabrdan rasman muntazam parvozlarni qayta tiklagan.

Asosiy mavzular