TOSHKENT, 1 okt — Sputnik. Denge bezgagi kasalligini oʻrganish boʻyicha tadqiqotda Avstraliyaning Melburn universiteti entomologi Perran Ross qoʻllarini minglab chivinlarga chaqtirdi. Bu haqda The Washington Post xabar qildi.
More time-lapse mosquito feeding pic.twitter.com/SHPraxM6Id
— Perran Ross (@MosWhisperer) December 18, 2017
Chivinlarga ataylab kasallikni yuqishini toʻsadigan - volbaxiya bakteriyalar yuqtirildi. Olim va uning jamoasi har kuni chivinlar bilan ishlaydi, ular bakteriyalarning hasharotlarga uzoq muddatli taʼsirini kuzatib boradi.
Tadqiqotchi har kuni qoʻllarini chivin bilan toʻldirilgan idishlarga soladi, hasharotlar "qonga toʻyib olishini" kutadi.
Record day of mosquito blood feeding today. ~5000 female mosquitoes fed and 16 mL of blood lost. pic.twitter.com/7OzeQ9rGl7
— Perran Ross (@MosWhisperer) May 7, 2020
Entomolog 5 ming chivin bir vaqtning oʻzida taxminan 16 mililitr qon soʻrishi mumkinligini hisoblab chiqdi.
“Laboratoriyada chivinlar kalamushlarni yoki boshqa hayvonlarni chaqishni istamaydi - ular faqat qorongʻilikda insonning qonini soʻrishni afzal koʻrishadi", - deya taʼkidladi olim.
Tadqiqotda volbaxiya nafaqat denge bezgagi infektsiyasini kamaytirishi, balki boshqa kasalliklar bilan yuqtirishni ham cheklashi mumkinligi aniqlandi.