09:38 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
79940

Drezden harbiy-tarixiy muzey ekspertlari Yens Vener va Bernard Kast "uchinchi jahon urushi" uchun eng yaxshi tankni maʼlum qildilar.

TOSHKENT, 1 okt — Sputnik. Drezden harbiy-tarixiy muzey ekspertlari Yens Vener va Bernard Kast  "agar sovuq urush vaqtida uchinchi jahon urushi boshlanganda T-72 tankini eng yaxshi tank boʻlardi", deb taʼkidladilar. RIA Novosti xabariga asosan.

Ekspertlarning fikriga koʻra, T-72 nisbatan arzon, gʻarbiy analoglaridan ustunlik xususiyatlariga ega boʻlgan.

“1970-yillarida NATOning oʻsha paytdagi tanklari, masalan, juda yengil zirhli himoyasi boʻlgan Germaniyaning Leopard I” yoki Amerikaning M60 tanklari bilan taqqoslaganda, T-72 tanki ancha istiqbolli edi”, - dedi Vener Military History Not Visualized YouTube-kanali efirida.

Mutaxassis taʼkidlashicha, T-72 tankining zirh qoplamasi ekipajni yadro portlash, zararli taʼsirlari, kimyoviy va bakteriologik qurollarni qoʻllash oqibatlaridan ishonchli himoya qilgan. Bundan tashqari, tank manevr va tezlikni saqlagan holda yuqori oʻq otish kuchiga ega boʻlgan.

Asosiy mavzular