Ramzan Qodirov Navalniyning ayblovlariga javob qaytardi

© Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishGlava Chechenskoy Respubliki Ramzan Kadirov
Glava Chechenskoy Respubliki Ramzan Kadirov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sendaqa shaqildoqlarni bir kun baribir axlatga tashlashadi - Qodirov Navalniyning ayblovlariga javob qaytardi.

TOShKENT, 2 okt – Sputnik. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Aleksey Navalniyning ayblovlariga javob qaytardi.

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Germaniyada muxolifatchi Navalniy o‘zining  zaharlanishi bevosita Putin buyrug‘iga asosan amalga oshirilgan deb aytgandi, lekin hech qanday dalil va isbotlar keltirmagandi.

Zdanie MID RF - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya TIV Berlinning Navalniy to‘g‘risidagi bayonotiga munosabat bildirdi

“Faqat Putin borligi uchun mamlakatda senga o‘xshagan muxolifatchilarga toqat qilib turishibdi. Bo‘lmasa allaqachon sizlarni mamlakatdan chiqarib yuborishgan bo‘lishardi. Sizlarning Rossiyani barbod qilishga qaratilgan asl niyatlaringiz va yashirin rejalaringizni ko‘rib, tushunib turgan vatanparvarlar juda ko‘p. Ularni faqat Putin to‘xtatib turibdi”, - deb yozgan Qodirov o‘z kanalida.

"Navalniy, sen hech bo‘lmasa o‘z Vataningni sevib, uning ustidan bo‘hton yog‘dirmasang-chi, faqat o‘z foydang uchun piar qilmasdan.  

Sen, erkak bo‘lib, bir narsani tan olishing kerak – agarda Rossiyada seni o‘limingni xoxlashganida, birota ham shifokor seni hayotingni saqlab qolish uchun barmog‘ini ham qimirlatmagan bo‘lardi. Germaniya samolyotiga esa Omsk aeroportiga qo‘nishga ruxsat berishmagan bo‘lardi. Davlat seni o‘ldirishga buyruq berdi deysan - mantiq qani?

Sen Rossiyani parokanda qilishni istaydiganlar qo‘lidagi bir o‘yinchoqsan xolos. Bunday shaqildoqlarning hammasining oxiri bir – egalari oxir-oqibat ulardan voz kechishadi. Meni so‘zlarimni hali eslaysan.  

Aytmoqchi, “buyurtmaning ijrochisi” deb men Qodirovni aytmadingmi? Bu hech bo‘lmasa seni fikringdek mantiqsiz tuyulmasdi. Men esa "bema’ni ayblovlar" kolleksiyamga yana bittasini qo‘shardim”, - degan Qodirov.

Yangiliklar lentasi
0