17:48 21 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
145 0 0

Ukrainaning sobiq prezidentiga ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qoʻyilgan. Uni Kiyevdagi kasalxonalardan birida davolashadi.

TOSHKENT, 4 okt — Sputnik. Koronavirus bilan kasallangan Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda uning turmush oʻrtogʻi Marina Poroshenko maʼlum qildi.

“Bugun erim va qizimiz COVID-19 ga qarshi kurashmoqda. Pyotr Alekseyevich Kiyevdagi koronavirus bemorlarini davolaydigan shifoxonalardan biriga yotqizildi. Erimda oʻpkaning ikki tomonlama shamollashi boʻlishiga qaramasdan, u kuchli irodaga ega va buni kasallikka qarshi kurashda koʻrsatmoqda”, - dedi u “Yevropa birdamligi ” partiyasining Facebook᾽dagi sahifasida joylashtirilgan videomurojaatida. 

Pyotr Poroshenko 29 sentyabr kuni koronavirusga topshirgan testi musbat chiqqani va uyida davolanayotganini maʼlum qilgan edi.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Ukrainada koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 226,4 ming nafarni tashkil etmoqda. Ulardan 100 ming nafari tuzalib ketgan. 4397 kishi esa virus qurboniga aylangan.

Asosiy mavzular