13:52 23 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1224)
321 0 0

2 oktyabr kuni Rossiya Venesuelaga “Sputnik V” vaktsinasining birinchi partiyasini yetkazib berdi. Shu tariqa Venesuela klinik sinovlarini oʻtkazadigan Lotin Amerikasidagi birinchi mamlakat boʻldi.

TOSHKENT, 4 okt — Sputnik. Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Rossiya prezidenti Vladimir Putin va uning fuqarolariga respublikaga koronavirusga qarshi vaktsinaning birinchi partiyasini yetkazib berganlik uchun minnatdorchilik izhor qildi. Tegishli bayonot uning Twitter᾽dagi sahifasiga joylandi.

“Sputnik V” allaqachon bu yerda. Biz koronavirusga qarshi bu vaktsinaning uchinchi bosqich klinik sinovlarini boshlagan Gʻarbiy yarim shardagi birinchi mamlakat boʻldik. Venesuela xalqi nomidan men prezident Vladimir Putin va Rossiyaga xalqiga koʻrsatilgan birdamlik uchun minnatdorchilik bildiraman”, - deya yozdi siyosatchi.

2 oktyabr kuni Rossiya Venesuelaga “Sputnik V” vaktsinasining birinchi partiyasini yetkazib berdi. Bu Rossiya vaktsinasining uni Rossiyada roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin klinik sinovlarini oʻtkazadigan Lotin Amerikasidagi birinchi mamlakat boʻldi. Uning sinovlarida ikki ming kishi ishtirok etishi kutilmoqda. Veneueliklarni emlash yaqin kunlarda boshlanadi. Mamlakatning ijro etuvchi vitse-prezidenti Delsi Rodriges Venesuela “Sputnik V”ni oʻz hududida ishlab chiqarishni rejalashtirayotganini maʼlum qildi.

Rossiya dunyodagi birinchi koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaktsinasini avgust oyida roʻyxatga oldi. U Gamaleya nomidagi markaz tomonidan yaratilgan va Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilmoqda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1224)
Teglar:
Nikolas Maduro, Venesuela, Rossiya, Vladimir Putin, Sputnik V, vaktsina, koronavirus

Asosiy mavzular