Merkel Putin, Tramp va Makronning Tog‘li Qorabog‘ga oid bayonotini qo‘llab-quvvatladi

Obuna bo‘lish
Germaniya kansleri Angela Merkel Qorabog‘da davom etayotgan to‘qnashuv va qurbonlar soni o‘sishidan xavotir bildirdi.

TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Germaniya kansleri Angela Merkel Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan telefon orqali suhbatlashdi. Suhbat chog‘ida Tog‘li Qorabog‘da mojaroning keskinlashishi muhokama qilindi.

“Kansler davom etayotgan to‘qnashuv va qurbonlar soni o‘sishidan xavotir bildirdi. U barcha tomonlar zudlik harbiy harakatlarni to‘xtatishi va muzokaralarni qayta tiklashishi lozimligini ta’kidladi”, - dedi GFR Vazirlar mahkamasi vakili Ulrike Demmer.

Situatsiya v Nagornom Karabaxe - Sputnik O‘zbekiston
Putin, Tramp va Makron Qorabog‘dagi vaziyatga oid qo‘shma bayonot berdi

“U YeXHTning Minsk guruhi hamraislarining (Rossiya, AQSh va Fransiya) 1-oktabrdagi bayonotini har tomonlama qo‘llab-quvvatladi”, - dedi Demmer. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Shuningdek, Merkel qarama-qarshi tomonlar  harbiy harakatlar hududidan halok bo‘lganlarning tanasini olib chiqish uchun gumanitar tanaffus borasida kelishib olishi tarafdori ekanini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya, AQSh va Fransiya prezidentlari Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyatga oid qo‘shma bayonot bergan edi. Ular mintaqadagi keskinlikni qat’iyan qoralashdi va tomonlarni zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirishdi.

Yangiliklar lentasi
0