Rossiyada necha kishi COVIDga qarshi vaksinatsiyaga rozi ekani ma’lum bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Jamoatchilik so‘rovida ma’lum bo‘lishicha rossiyaliklarning faqat 23% koronaivirusga qarshi vaksinani qabul qilishga rozi.

TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Rossiyaning eng yirik partiyasi bo‘lgan "Yedinaya Rossiya" tomonidan aholi orasida ommaviy emlash mavzusida o‘tkazilgan so‘rov kutilmagan natijalarni ko‘rsatdi. RIA Novosti xabariga asosan.

So‘rovda ma’lum bo‘lishicha, bugungi kunda Rossiya aholisining faqat 23 % koronavirusga qarshi emlanishga rozi, 73 % aholi esa - rozi emas. Qolgan 4% - allaqachon koronavirus bilan kasallanib bo‘lganini va ularga vaksina kerak emasligini ma’lum qilishgan. 

Shuningdek so‘rovda ishtirok etganlarning 93 % - vaksinatsiya ko‘ngilli ravishda o‘tkazilishi kerak degan fikrda, 7% esa - majburiy bo‘lishi kerak deb hisoblaydi.  

So‘rov onlayn ko‘rinishda, 16-23 sentabr kunlari o‘tkazildi, unda 20 mingga yaqin kishilar ishtirok etdi. "Yedina Rossiya" partiyasi vakillkari ushbu so‘rov natijalarini Sog‘liqni saqlash vazirligiga yetkazishni va’da bergan. 

Eslatib o‘tamiz, Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va Mikrobiologiya markazi dunyoda birinchi bo‘lib COVID-19 ga qarshi vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazdi. "Sputnik V" deb nomlangan vaksina sinovlarning 2 bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib klinik sinovlar fazasiga yetib kelgan. Ayni damda u 40 ming kishilda sinovdan o‘tmoqda. 

Yangiliklar lentasi
0