23:10 20 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
59 0 0

Kenzo brendining asoschisi Kenzo Takada 81 yoshida vafot etdi - biroz oldin unda koronavirus aniqlangan edi.

TOSHKENT, 5 okt - Sputnik. Yaponiyalik mashhur modelyer, Kenzo brendining asoschisi Kenzo Takada 4 oktyabr kuni 81 yoshida vafot etdi. 

Xabarda aytilishiga koʻra, Frantsiyaning Neyi-syur-Sen kommunasida yashagan modelyer COVID-19ning oqibatlaridan vafot etgan.

Kenzo Takada 1965 yilda Yaponiyadan Parijga koʻchib kelgan va 1970 yilda Kenzo brendini yaratgan. Tez orada Kenzo dunyoga mashhur liboslar modelyeriga aylangan. Uning ayollar liboslari kollektsiyalari Parij, Nyu York va Londonda katta muvaffaqiyat qozongan. 

Kenzo Takada Yaponiya Feshn redaktorlari klubi mukofoti hamda Frantsiya Madaniyat vazirligining Sanʼat va adabiyot ordeni bilan mukofotlangan. 

1983 yildan boshlab Kenzo erkaklar modasi bilan shugʻullana boshlaydi. 1988 yildan boshlab esa - Kenzo brendi ostida parfyumeriya ishlab chiqara boshlaydi. Bugungi kunda kenzo brendi ostida ayollar, erkaklar va bolalar liboslari, uy jihozlari va parfm ishlab chiqariladi. 

1993 yilda Kenzo Frantsiyaning LVMH kontserni tomonidan xarid qilingan.  

Asosiy mavzular