21:16 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
108 0 0

“The Wall Street Journal” nashrining manbalariga tayanib yozishicha, AQSH prezidenti Donald Tramp COVID-19 ga topshirgan birinchi testi musbat chiqqanini yashirgan.

TOSHKENT, 5 okt — Sputnik. AQSH prezidenti Donald Tramp COVID-19 ga topshirgan birinchi testi musbat chiqqanini yashirgan. Bu haqda “The Wall Street Journal” nashri manbalariga tayangan holda yozmoqda.

Amerika yetakchisi oʻtgan payshanba kuni Fox News telekanalida oʻz yordamchisi Xoup Xiks kasallangandan keyin koronavirusga topshirgan testi haqida maʼlum qilgan.

Gazetaning taʼkidlashicha, Tramp efirga chiqishdan oldin COVID-19 ga topshirgan ekspress-testi musbat chiqqanligi toʻgʻrisida maʼlumot olgan. Oʻrnatilgan qoidalarga koʻra, Oq uy xodimlari uchun birinchi ekspress-test natijasi musbat chiqsa, ikkinchi, yanada aniqroq testga tahlil topshiradi.

Davlat rahbari testning birinchi natijasi haqidagi maʼlumotni oshkor qilmaslikka qaror qilgan va buning oʻrniga Xiksda koronavirus aniqlanganini aytgan, xolos.

Shuningdek, nashrning taʼkidlashicha, Tramp oʻz yordamchilaridan biridan test natijalarini ovoza qilmaslikni soʻragan. “Hech kimga aytma”, - degan oʻshanda Oq uy rahbari.

2 oktyabr kuni Amerika yetakchisi Donald Tramp u va rafiqasi Melanya koronavirus yuqtirib olganini maʼlum qildi. Oʻsha kunning oʻzida u kasallikning yengil alomatlari bilan Uolter Rid nomidagi harbiy tibbiyot kasalxonasiga yotqizilgan va u yerda davolanmoqda.

Asosiy mavzular