12:55 23 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
797 0 0

Koronavirus bilan bogʻliq vaziyat yomonlashgani tufayli Rossiya chegaralari yopilishi va parvozlar soni qisqartirilishi istisno qilinmayapti

TOSHKENT, 5 okt — Sputnik. Federatsiya kengashi koronavirus bilan bogʻliq vaziyat yomonlashgani tufayli Rossiya chegaralari yopilishi va parvozlar soni qisqartirilishini istisno qilmayapti. Bu haqda Federatsiya kengashi ijtimoiy qoʻmitasi rahbarining birinchi oʻrinbosari Valeriy Ryazanskiy maʼlum qildi.

“Albatta, RF chegaralarini yopishimiz mumkin, bunga qarab ketyapmiz”, - dedi siyosatchi. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

U odamlar qanchalik koʻp bir joy ikkinchi joyga harakat qilsa, shuncha kasallanish soni koʻp boʻlishini taʼkidladi.

Ryazanskiy qator mamlakat jiddiy choralar koʻrayotganini maʼlum qilib, davlat karantinini qayta joriy etgan Isroilni misol qilib koʻrsatdi.

Rossiyada soʻnggi ikki kun ichida aniqlangan yangi COVID-19 holatlari ilk bor may oʻrtasidan buyon 10 mingdan oshmoqda.

Koronavirusga qarshi kurashish tezkor shtabining RIA Novostiga izoh berishicha, Rossiyada chegaralarni yopish yoki aviaqatnovlarni cheklash rejalashtirilmayapti.

Eslatib oʻtamiz, Rossiya bosqichma-bosqich qator mamlakatlar bilan muntazam parvozlarni tiklab, chegaralarini ochmoqda. Jumladan, Qozogʻiston va Qirgʻiziston bilan parvozlarni tiklagan.

Asosiy mavzular