12:40 25 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
184 0 0

Bu yilgi fiziologiya va tibbiyot boʻyicha Nobel mukofotiga gepatit S virusini topgan olimlar munosib koʻrildi.

TOSHKENT, 5 okt — Sputnik. Fiziologiya va tibbiyot boʻyicha 2020 yilgi Nobel mukofotiga amerikalik olimlar Harvi Olter va Charlz Rays hamda britaniyalik virusolog Maykl Houtonga munosib koʻrildi. Mukofot gepatit S virusini topganlik uchun taqdim etildi.

“Tarixda ilk bor endi gepatit S virusini davolash mumkin. Tibbiyot sohasidagi mukofot sovrindorlarining kashfiyotlari surunkali gepatitning qolgan holatlarini aniqladi va qon tahlilini oʻtkazish va millionlar hayotini saqlab qolgan yangi dorilarni qoʻllash imkonini berdi”, - dedi Karolina tibbiyot instituti huzuridagi Nobel qoʻmitasi vakili.

​Shvetsiya va Norvegiyada 5 oktyabr kuni Nobel haftaligi boshlandi, haftalik davomida ushbu nufuzli mukofotning 2020 yildagi sovrindorlari aniqlanadi.

Stokgolmdagi Nobel qoʻmitasi 5 oktyabr, dushanba kuni mukofotning tibbiyot boʻyicha, seshanba kuni — fizika, chorshanba kuni — kimyo, payshanba kuni esa adabiyot boʻyicha sovrindorlarini eʼlon qiladi.

Dunyodagi eng nufuzlilardan biri hisoblanadigan dunyoda tinchlik oʻrnatishga hissa qoʻshganlik uchun mukofot sovrindori, anʼanaga koʻra, Osloda eʼlon qilinadi. Marosim 9 oktyabr, juma kuniga belgilangan. 

Asosiy mavzular