22:03 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
22120

Rossiya tashqi ishlar vaziri Rossiya har qaysi saylangan AQSH prezidenti bilan ishlashga tayyorligini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 5 okt — Sputnik. Rossiya har qaysi saylangan AQSH prezidenti bilan ishlashni davom ettiradi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov maʼlum qildi.

“Biz ishlaymiz – prezident Putin buni koʻp marotaba aytgandi – saylangan har qaysisi bilan”, - dedi Lavrov. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Kreml Baydenning “Putin kuchukchasi” haqidagi gapiga munosabat bildirdi

Uning soʻzlariga koʻra, Rossiyada AQShning Demokratik va Respublikachilar partiyasi vakillari oʻrtasidagi tortishuvlar kuzatilmoqda.

Lavrov Qoʻshma Shtatlardagi beqarorlik hech kimga biror bir yaxshilik olib kelmasligini taʼkidladi.

Bayden Trampni AQSH tarixidagi eng yomon prezident deb atadi

AQSH prezidenti saylovlari 3 noyabr kuni boʻlib oʻtadi. Amaldagi AQSH prezidenti Donald Tramp va Demokratik partiyadan davlat rahbari lavozimiga nomzod Jo Baydenning birinchi munozaralari chogʻida ular bir-birini gapini hamisha boʻlib turishdi va bir-birini turli muammolarda ayblashdi. Tramp bir necha marta Baydenga gapini oxirigacha aytishga qoʻymadi, shundan keyin Bayden undan ovozini oʻchirishni soʻradi.

Asosiy mavzular