07:53 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
121621

Togʻli Qorabogʻdagi mojaro hech qachon tugamaydi, dedi Rossiya Liberal-demokratik partiya yetakchisi Vladimir Jirinovskiy.

TOSHKENT, 5 okt — Sputnik. Togʻli Qorabogʻdagi mojaro hech qachon tugamaydi, deb aytdi Rossiya Liberal-demokratik partiya yetakchisi Vladimir Jirinovskiy.

Uning soʻzlariga koʻra, vaziyatning keskinlashishiga mojaro ishtirokchilarida qurol-yarogʻning koʻpligi sabab boʻlgan. Faqat toʻliq demilitarizatsiya (qurolsizlantirish) muammoni hal qilishi mumkin.

"Zakavkaziyada toʻliq demilitarizatsiyani amalga oshirish kerak. Bugun barcha tomonlarning qoʻlida boʻlgan bunday qurol hajmi bilan Togʻli Qorabogʻdagi mojaro hech qachon tugamaydi", - deb yozgan Jirinovskiy Telegram-kanalida.

Jirinovskiy Togʻli Qorabogʻdagi vaziyat haqida birinchi marta fikr bildirayotgani yoʻq. Bundan avval fraksiya rahbari tan olinmagan respublikani Rossiyaning tarkibiga kiritish va hududga xalqaro maqom berishni taklif qilgandi.

Asosiy mavzular