22:06 20 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
475 0 0

Rossiya aviakompaniyalariga Oʻzbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirishga ruxsat berildi. Taʼkidlanishicha, bu aviaqatnovlar tiklanganini anglatmaydi.

TOSHKENT, 6 okt — Sputnik. Rossiya aviakompaniyalari Oʻzbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirishga ruxsat oldi. Bu haqda Rosaviatsiyaning tegishli buyrugʻi eʼlon qilindi, deya yozadi RIA Novosti.

Roʻyxatdan qatnovlar hozircha tiklanmagan mamlakatlar ham oʻrin olgan.

Maʼlum qilinishicha, aviakompaniyalar ochiq mamlakatlar Belarus, Buyuk Britaniya, Misr, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Maldiv orollari, BAA, Turkiya va Tanzaniyaga parvozlar uchun ruxsat oldi.

Parvozga ruxsat berilgan yopiq mamlakatlar esa Armaniston, Germaniya, Gretsiya, Isroil, Ispaniya, Italiya, Kipr, Xitoy, Malta, Niderlandiya, Ozarbayjon, Saudiya Arabistoni, Turkmaniston, Chexiya, Oʻzbekiston.

Shuningdek, aviatashuvchilar Avstriya, Bolgariya, Vengriya, Ispaniya, Frantsiya va Kubaga charter reyslar uchun ruxsat olgan.

Rosaviatsiya vakilining taʼkidlashicha, ushbu hujjat aviaqatnovlar tiklanganini anglatmaydi.

“Ruxsat bu aviakompaniyaning parvozlar tiklanganda foydalana olishi mumkin boʻlgan huquqidir”, — dedi u.

Rossiya mart oxirlarida boshqa mamlakatlar bilan muntazam va charter aviaqatnovlarni toʻxtatgandi. Keyinroq cheklovlar bosqichma-bosqich olina boshlandi.

Asosiy mavzular