21:44 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
1421 0 0

Bugun tunda namoyish ishtirokchilari Oq uyga kirishdi. Shuningdek, mitingchilardan iborat guruh Qirgʻiziston milliy xavfsizlik qoʻmitasi binosiga qarab yoʻl olishgan. Bishkekda nimalar sodir boʻlmoqda - tafsilotlar

TOSHKENT, 6 okt - Sputnik. 5 oktyabr kuni tush vaqtidan boshlab Ala-Too maydonida muxolif kuchlar norozilik aktsiyasi boʻlib oʻtdi. Parlament saylovlari dastlabki yakunlaridan norizo boʻlgan 3-4 ming odamlar toʻplanishdi. Oq uy darvozalarini ishgʻol qilishga boʻlgan urinishdan soʻng militsiya va mitingchilar oʻrtasida bir necha soatga choʻzilgan toʻqnashuvlar boshlandi. Tunda miting ishtirokchilari Oq uyga bostirib kirishgan.

Sputnik Qirgʻiziston jurnalistlari shaharda tun davomida roʻy bergan hodisalarni yoritganlar. Tun davomida Oq uy muxolifatchilar qoʻliga oʻtdi, sobiq prezident Almazbek Atambayev esa ozod etildi.

Nashr xabariga koʻra, mojaro kech soat 8 larga oʻta ziddiy tus ola boshlagan: miting ishtirokchilari Oq uy Oq uy darvozasini ishgʻol qilishni boshlagan, odamlar devordan oshishga harakat qilgan, bino toshboʻron qilingan.

Xuddi shu vaqtda maydonda "spetsnaz" paydo boʻlgan. Kuch tuzilmalari shovqin granatalari va koʻz yosh keltiruvchi gaz yordamida miting qatnashchilarini "Ala-Too" maydonidan tarqatib yuborishga muvaffaq boʻlgan, ammo norozilik aktsiyasi ishtirokchilari oʻz pozitsiyalarini boy berishga shoshilmadi.

Bir necha nafar yirik siyosatchilar jarohatlangan. Xususan, rezina oʻqdan "Ata Meken" partiyasi rahbari Janar Akayev jabrlangan, "Meken ыntыmagы" partiyasidan deputatlikka nomzod Temirbek Asanbekov ham jarohat olgan.

Kuch tuzilmalari va norozilik namoyishi ishtirokchilari oʻrtasidagi ziddiyatli toʻqnashuv bir necha soat davom etgan. Kasalxonalarga jarohatlanganlar yetkazib turilgan. Jami 590 nafarga yaqin inson jabrlangan. Bir nafari olgan jarohatlari oqibatida halok boʻlgan. 13 kishi reanimatsiyada qolmoqda.

Tong sahar uchga kelib, Oq uy miting namoyishchilari qoʻliga oʻtgan, kuch tuzilmalari esa umuman koʻrinish bermagan.

Ertalab 4ga kelib, miting qatnashchilarining bir qismi Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik qoʻmitasi binosiga qarab yoʻl olgan.

Ular sobiq prezident Almazbek Atambayevning ozod etilishini talab qilganlar. Idora devori yoʻq qilingan.

Muzokaralar boʻlib oʻtganidan yarim soatdan soʻng sobiq davlat rahbari oʻz tarafdorlari qurshovida boʻlgan.

Ertalab soat yettida, bu vaqtga kelib, muxolifatchilar qoʻliga oʻtgan Oq uydan tutun chiqa boshlagan.

7.30 ga kelib, sobiq bosh vazir Sapar Isakov va sobiq deputat Ravshan Jeenbekovlarning ozod etilganliklari haqida maʼlum boʻldi.

Hozirda maydonda 1,5 mingdan ziyod miting qatnashchilari boʻlib turibdi. Oq uydagi yongʻin oʻchirilgan, volonterlar esa axlat va toshlarni yigʻishtirishga yordam berishmoqda.

Ertalab toʻqqizga yaqin prezident matbuot-kotibi Tolgonay Stamaliyeva davlat rahbari vaziyatni nazorat qilayotgani xususida bayonot bilan chiqish qilgan.

Asosiy mavzular