21:23 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
361 0 0

Qirgʻiziston prezidenti fuqarolar va siyosiy partiyalarga murojaat qildi. Fuqarolarni tinchlikni saqlashga va provokatsion kuchlarning chaqiriqlariga berilmaslikka chaqirdi.

TOSHKENT, 6 okt — Sputnik. Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov mamlakatda hokimiyatni noqonuniy egallab olishga urinish sodir etilganini maʼlum qildi.

“Oʻtgan kecha baʼzi siyosiy kuchlar davlat hokimiyatini noqonuniy ravishda egallab olishga urinishdi. Saylov natijalarini bahona qilib, ular jamoat tartibini buzdi. Ular shahar aholisining tinch hayotini buzdi”, - dedi u.

Jeenbekov oʻt ochmaslik yoki qon toʻkmaslik haqida buyruq berganini taʼkidladi.

“Hozircha vaziyatning keskinlashuviga yoʻl qoʻymaslik uchun barcha choralarni koʻrdik. Davlatdagi tinchlik, jamiyat barqarorligi har qanday deputatlik mandatidan ham qadrlidir”, - dedi Jeenbekov.

Uning soʻzlariga koʻra, namoyishchilar huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga boʻysunmagan, shifokorlarni kaltaklagan va binolarga zarar yetkazgan.

Davlat rahbari Markaziy saylov komissiyasiga saylovlardagi qonun buzilishlarini sinchkovlik bilan tekshirishni va agar kerak boʻlsa, saylov natijalarini bekor qilishni taklif qilganini maʼlum qildi.

Shuningdek, Jeenbekov siyosiy partiyalarga murojaat qilib, oʻz tarafdorlarini tinchlantirishga va ularni oʻzlari yigʻilgan joylardan olib ketishga chaqirgan.

“Barcha yurtdoshlarimni tinchlikni saqlashga va provokatsion kuchlarning chaqiriqlariga berilmaslikka chaqiraman. Mamlakatimiz tinchligi va jamiyatimiz xavfsizligi eng muhim narsadir”,  -dedi siyosatchi. 

4 oktyabr kuni Qirgʻizistonda parlament saylovlari boʻlib oʻtdi. Dastlabki natijalariga koʻra, “Birimdik”, “Mekenim Kirgizstan”, “Kirgizstan” va “Butun Kirgizstan” partiyalari yetarli ovoz toʻplay olgan. Qolganlari yetti foizlik baryerdan oʻta olmagan..

5 oktyabr kuni Bishkekning markaziy Ala-Too maydonida respublika parlamentiga oʻta olmagan partiyalar tarafdorlarining norozilik namoyishlari boshlandi. Ular parlament saylovlari yakunlarini bekor qilishni va takroriy ovoz berish oʻtkazilishi talabini ilgari surdilar. 5 oktyabr kuni kechqurun mitingni tarqatishga urinish vaqtida norozilik aktsiyasi namoyishchilari va kuch tuzilmalari oʻrtasida toʻqnashuvlar boshlandi. 6 oktyabrga oʻtar kechasi miting ishtirokchilari parlament va prezident administratsiyasi joy olgan Oq uy binosiga bostirib kirishdi. Soʻngra davlat xavfsizlik qoʻmitasi tomon yoʻl oldilar.

Ular mamlakatning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev va uning safdoshlarini qamoqdan ozod qilishga erishdilar. Seshanba kuni ertalab miting qatnashchilari hukumat binosini qoʻlga olishgani maʼlum boʻldi.

Mamlakat SSV maʼlumotlariga koʻra, namoyishlar vaqtida 590 kishi jarohat olgan, bir kishi halok boʻlgan.

Asosiy mavzular