12:41 23 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
96 0 0

Oʻtgan haftada Polsha va Litva davlatlariga Belarusda diplomatik vakolatxonalarni qisqartirish taklif qilingan edi.

TOSHKENT, 6 okt – Sputnik. Yevropa ittifoqi davlatlari elchilarining bir qismi Belarusdan maslahatlashuv uchun chaqirib olinmoqda, bu haqda Polsha tashqi ishlar vaziri Zbignev Rau oʻzining Twitter ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida maʼlum qildi.

"EEAS (Yevropa tashqi aloqalar xizmati) va YEI aʼzolari boʻlgan davlatlar bilan kelishgan holda – biz Belarus Respublikasida boʻlib turgan elchilarning bir qismini maslahatlashuv uchun chaqirib olish qarorini qabul qildik", – deyiladi xabarda.

Aynan qaysi mamlakatlar oʻz diplomatik vakolatxonalarini chaqirib olishlariga aniqlik kiritilmagan.

Elchilarning chaqirib olinishi

Oʻtgan haftada Belarus TIV tomonidan Litva va Polshaga Belarusdagi diplomatlar sonini qisqartirish, shuningdek, maslahatlashuv uchun chaqirish taklif etilgan edi. Bundan tashqari, Minsk, 5 oktyabrlan boshlab ushbu davlatlardagi oʻz elchilarini maslahatlashuv uchun chaqirib oldi.

Belarus TIV xabariga koʻra, "bu holat ushbu davlatlar tomonidan boʻlayotgan ochiq destruktiv (buzgʻunchilik) faoliyati bilan bogʻliq.

Litva va Polsha hukumati ushbu shartlarni bajarish masalasini koʻrib chiqmayotgani haqida bayonot bergan edi, ammo dushanba kuni Litva oʻz elchisini chaqirib olish qarorini qabul qilgan maʼlum boʻldi.

Elchixona shtatini qisqartirmaslik boʻyicha kelishuvga erishilmadi.

Protestlar va ayblovlar

Belarusda protestlar aktsiyasi 9 avgustda boʻlib oʻtgan prezident saylovlaridan soʻng boshlangan edi – ularda, MSK maʼlumotlariga koʻra, 80%dan ortiq ovoz olgan Lukashenko gʻalaba qozongandi.

Belarus hukumati koʻp marotaba aktsiyalar chet eldan turib muvofiqlashtirilayotgani haqida bayonot bergan. Prezident Aleksandr Lukashenko Gʻarb mamlakatlarini respublika ishlariga toʻgʻridan-toʻgʻri aralashuvda aybladi va tartibsizliklar AQShdan yoʻllanma olayotgani, muvofiqlashtirish ishlari esa Litva, Polsha, Ukraina va Chexiyadan turib amalga oshirilayotganini aytdi.

Oʻtgan haftada Yevropa ittifoqi Minskka qarshi sanktsiyalar kiritilishini eʼlon qildi va 40ga yaqin Belarus hukumati vakillari kiritilgan "qora roʻyxatni" chop etdi. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko roʻyxatdan oʻrin olmadi.

Minsk Belarus Yevropa hukumati organlari vakillariga nisbatan viza sanktsiyalarini kiritishini xabar qildi, ammo belarus hukumati hozircha uni eʼlon qilmaydi.

Asosiy mavzular