13:25 23 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
199 0 0

Qirgʻizistonda parlament saylovlari 4 oktyabr kuni boʻlib oʻtdi. 5 oktyabr kuni Bishkekning markaziy Ala-Too maydonida respublika parlamentiga oʻta olmagan partiyalar tarafdorlarining norozilik namoyishlari boshlandi.

TOSHKENT, 6 okt — Sputnik. Qirgʻizistonning Saylov va referendumlar oʻtkazish boʻyicha Markaziy komissiyasi parlament saylovlari natijalarini haqiqiy emas deb topdi.

Qirgʻizistonda parlament saylovlari 4 oktyabr kuni boʻlib oʻtdi. 5 oktyabr kuni Bishkekning markaziy Ala-Too maydonida respublika parlamentiga oʻta olmagan partiyalar tarafdorlarining norozilik namoyishlari boshlandi. Mitingni tarqatishga urinish vaqtida norozilik aktsiyasi namoyishchilari va kuch tuzilmalari oʻrtasida toʻqnashuvlar boshlandi. Respublika SSV maʼlumotlariga koʻra, 590 kishi jarohat olgan, bir kishi halok boʻlgan.

“2020 yil oltinchi oktyabr kuni Qirgʻiz Respublikasining Saylov va referendumlar oʻtkazish boʻyicha Markaziy komissiyasi Qirgʻiz Respublikasi Jogorku Keneshga saylovlarda ovoz berish natijalarini haqiqiy emas deb topdi”, - deyilgan xabarda.

Saylovda 56,5 foiz ovoz beruvchilar ishtirok etishdi. Ovoz berishning dastlabki yakunlariga koʻra, mamlakat parlamentiga toʻrtta: "Birimdik" ("Birlik", hukumat partiyasi) 24,52% foiz, "Mekenim Kыrgыzstan" ("Ona Qirgʻiziston", hukumat partiyasi) 23,89%, "Qirgʻiziston" 8,73% va "Butun Kыrgыzstan" ("Yagona Qirgʻiziston) partiyasi 7,11% ovoz bilan oʻtgan. Qolgan partiyalar oʻta olmagan.

Asosiy mavzular