04:51 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
43310

Afrikaning Kruger milliy bogʻida yovvoyi itlar galasi qoplondan oʻljani olib qoʻyishdi. Ayni vaqtda bu holat aks etgan video internetda tez tarqalmoqda.

TOSHKENT, 6 okt — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Afrikada oʻlja bilan ketayotgan qoplonga yovvoyi kuchuklarning hujum qilishi aks etgan video paydo boʻldi.

Video Kruger milliy bogʻida (Janubiy Afrika) tasvirga olindi.



Boshida qoplon tutib olgan ohuni sudrat ketayotgan edi, shu zahoti boshqa yirtqich – yovvoyi kuchuk paydo boʻladi, qoplonga hujum qiladi.

Qoplon itni haydab yuboradi, ammo boshqa itlar yetib keladi.

Qoplon oʻlja bilan xavfsiz joyga ketishga harakat qiladi, ammo itlar hujumiga uchraydi.

Qoplon daraxtga chiqib, qochishga majbur boʻladi.

Itlar darhol oʻljani yeyishga tashlanishadi. Ammo ular oldiga 3 bosh och sirtlon yetib keladi va ularni oʻljani oldidan haydab yuboradi.

Milliy bogʻ ishchilari taʼkidlanishicha, 9 bosh sirtlon bir haftadan beri yovvoyi itlarni poylab, daryo suvi oldidan quvib kelmoqda.

Asosiy mavzular