12:57 25 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
35610

Qirgʻizistonda vujudga kelgan vaziyat tufayli Moliya vazirligi barcha operatsiyalarni qonuniy hukumatning maxsus burugʻiga qadar toʻxtatdi.

TOSHKENT, 6 okt - Sputnik. Qirgʻiziston moliya vazirligi orqali oʻtadigan barcha moliya operatsiyalari toʻxtatildi. Bu haqida vazirlik xabar qilmoqda.

Xabarda aytilishiga koʻra, ushbu chora Respublikada barqaror vaziyat hamda qonuniy hukumat oʻrnatilganiga qadar davom etishi mumkin.

“Qirgʻiziston Respublikasi Moliya vazirligining markaziy apparati va uning tizimi boʻlimlari vakillari mamlakatda vujudga  kelgan holat tufayli favqulodda majlis oʻtkazdi. <…> Mamlakatda vujudga kelgan holat tufayli vazirlik orqali oʻtadigan barcha operatsiyalar qonuniy hukumatning maxsus buyrugʻiga qadar vaqtincha toʻxtatildi”, - deyilgan xabarda.  

Shu bilan birga vazirlik Qirgʻizistonda yangi xalq hukumatini tan olishini va yangi vazir vazifasini bajaruvchi tayinlanganini maʼlum qilgan.

“Majlisda xalq vakillari ham ishtirok etishdi, xalq hukumati tan olindi va Mukashev Kыyalbek Belekovichni moliya vaziri vazxifasini bajaruvchi etib tayinlashdi”, - deyilgan vazirlik xabarida.

Ayni damda Qirgʻiziston fuqarolari bankomatlardan foydalana olmayaptilar. Qirgʻiziston banklar assotsiatsiyasi prezidenti Anvar Abdrayev aytishiga koʻra, bankomatlardan barcha mablagʻlar xavfsizlikni taʼminlash maqsadida olib qoʻyilgan. 

Eslatib oʻtamiz, dushanba kuni Bishkekning markaziy maydonida 2 mingga yaqin odamlar toʻplanib 4 oktyabr kuni boʻlib oʻtgan parlament saylovlari natijalarini tan olmasliklarini xabar qilshgan edi. Shundan soʻng namoyishchilar Parlament va Hukumat binolarini hamda Davlat Xavfsizlik qoʻmitasi binosini ishgʻol qilishgan. U yerda Qirgʻiziston sobiq prezidenti Atambayevni ozod qilishgan edi.  

Shundan soʻng Qirgʻiziston sobiq IIV vaziri Kursan Asanov oʻzini  Bishkek shahar komentanti sobiq dputat Almambet Shыkmamatov oʻzini Bosh prokuror vazifasini bajaruvchi deb eʼlon qilgan edi. MSQ parlament saylovlari natijalarini bekor qildi. Ushbu voqealardan soʻng bir necha shahar merlari oʻz ixtiyorlari bilan isteʼfoga chiqishdi.

Asosiy mavzular