12:51 23 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
143702

Rossiya tashqi razvedka rahbari Sergey Narishkin Yaqin Sharqdan Togʻli Qorabogʻga terrorchi-jangarilar kelganini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 6 okt — Sputnik. Yaqin Sharqda jang qilayotgan minglab radikallar, shu jumladan an-Nusra* (Jabhat an-Nusra*) jangarilari Togʻli Qorabogʻdagi mojaro zonasiga koʻchirilmoqda, dedi dushanba kuni Rossiya tashqi razvedka xizmati (SVR) direktori Sergey Narishkin.

"Tashqi razvedka xizmatida mavjud boʻlgan maʼlumotlarga koʻra, Yaqin Sharqda jang qilayotgan xalqaro terroristik tashkilotlarning yollanma jangarlari, xususan,"Jabhat an-Nusra*, “Firkat Hamza”, “Sulton Murod”, shuningdek, ekstremistik kurd guruhlari toʻqnashuv zonasiga faol ravishda olib kelinmoqda. Yangi Qorabogʻ urushida pul ishlashga umid qilayotgan yuzlab va hatto minglab radikallar haqida gap ketmoqda”, - dedi TRX rahbari.

Narishkin taʼkidlashicha, Qorabogʻda qizgʻinlashayotgan qurolli toʻqnashuv magnit kabi turli xalqaro terroristik tuzilmalar jangarilarini oʻziga tortmoqda.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.

Asosiy mavzular