23:24 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
577 0 0

Rentgen astronomiyasi laboratoriyasining mutaxassislari navbatdagi magnit boʻronlari qachon boʻlishini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 6 okt — Sputnik. Oktyabr oyi oxirida magnit boʻronlari boshlanadi, bu haqda Fanlar akademiyasi Quyosh fizikasi instituti Rentgen astronomiyasi laboratoriyasining mutaxassislari ogohlantirishdi.

Taʼkidlanishicha, 21 oktyabrdan 24 oktyabrgacha u zaif, 25 oktyabr - oʻrtacha, keyingi uch kun davomida magnetosfera bezovta holatida boʻladi, shundan soʻng normal holatga keladi.

Magnit boʻronlarining tasnifida 5ta daraja mavjud. Zaif boʻron - energiya tizimlarining ishlashida kichik uzilishlarni keltirib chiqarishi va qushlar va hayvonlarning koʻchishiga taʼsir qilishi mumkin.

Kuchli boʻronlar esa qisqa toʻlqinli aloqa va navigatsiya tizimlarining ishlamay qolishiga, shuningdek sanoat tarmoqlarida elektr energiyasining uzilishiga olib keladi.

Asosiy mavzular