12:33 25 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
577 0 0

Bishkekda nima gaplar: yangi bosh vazir, yangi parlament spikeri, yangi mer hamda marodyorlar va drujinachilar.  

TOSHKENT, 7 okt — Sputnik. Oʻtgan oqshom Bishkekda turli voqealarga boy boʻldi: yangi bosh vazir va parlament spikeri saylandi, allaqanday shubhali kishilar savdo  markazlari va kafelarni tunamoqchi boʻlishdi. Oʻtgan tunning eng muhim voqealari haqida bir boshidan.

1. Kecha soat 9larga yaqin Jokorgu Kengesh Sadыr Japarovni yangi bosh etib sayladi, lekin haqiqatda bosh vazir boʻlishi uchun yana bir necha jarayonlardan oʻtishi kerak. Oldingi bosh vazir Kubatbek Boronov isteʼfoga chiqdi.

2. Parlamentga ham yangi spiker saylandi. Dastan Djumabekov oʻrnini "Bir Bol" fraktsiyasi deputati Mыktыbek Abdыldayev egalladi.

3. Kechqurun Oʻshda ham qiziq voqealar sodir boʻldi. Deputat Duyshon Torokulov oʻzini mer deb eʼlon qildi. Lekin sobiq shahar rahbari Melis Mыrzakmatov tarafdorlari bunga rozi boʻlishmadi. Tunda u shaharga qaytib keldi. Oʻshga kim boshliq boʻlishi bugun maʼlum boʻladi.

4. Bishkekda tungi soat 11lar atrofida qandaydir nomaʼlum shaxslar Finpol binosiga hujum qilmoqchi boʻlishdi. Lekin ularni quvib yuborishdi.

5. Bishkekda soʻnggi sutka davomida 2 marotaba shahar meri oʻzgardi. Aziz Surakmatov oʻrniga kechagina saylangan Jooshbek Koyenaliyev oʻrniga yangi vaqtinchalik mer  — Mirlan Bekitayev saylandi.

6. Tunda Bishkek boʻylab shubhali toʻdalar marodyorlik qilishga urinishdi. Ular "Vefa" savdo markazi va "Navat" kafesini talon taroj qilmoqchi boʻlishdi. Lekin bunday boʻlishini bilgan shaharliklar 1500 kishidan iborat drujinachilar otryadlari tuzib shaharni marodyorlardan himoya qilishdi va tartib saqlashdi. 

Eslatib oʻtamiz, dushanba kuni Bishkekning markaziy maydonida 2 mingga yaqin odamlar toʻplanib 4 oktyabr kuni boʻlib oʻtgan parlament saylovlari natijalarini tan olmasliklarini xabar qilshgan edi. Shundan soʻng namoyishchilar Parlament va Hukumat binolarini hamda Davlat Xavfsizlik qoʻmitasi binosini ishgʻol qilishgan. U yerda Qirgʻiziston sobiq prezidenti Atambayevni ozod qilishgan edi.

Asosiy mavzular