18:33 21 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
92 0 0

Shuningdek, Donald Tramp AQShning sobiq davlat kotibi Xillari Klintonning elektron pochtasi bilan janjal haqidagi maʼlumotlarni eʼlon qilishga ruxsat berdi.

TOSHKENT, 7 okt — Sputnik. AQSH prezidenti Donald Tramp uning Rossiya bilan ehtimoliy aloqalari bilan bogʻliq mojaro boʻyicha olib borilgan tergov hujjatlarini ochiqlashga ruxsat berganini maʼlum qildi.

Shuningdek, u 2016 yilda raqibi boʻlgan AQShning sobiq davlat kotibi Xillari Klintonning elektron pochtasi bilan janjal haqidagi maʼlumotlarn eʼlon qilishga ruxsat berdi.

“Men AQSH tarixidagi eng yirik siyosiy jinoyatlaridan biri Rossiya bilan bogʻliq aldovchilikka tegishli barcha hujjatlarni toʻliq ochiqlashga ruxsat berdim. Bu Xillari Klintonning elektron pochtasiga ham taalluqli. Hech qanday tahrirsiz”, - deya yozdi Amerika yetakchisi Twitter᾽da.

Yana bir Twitter᾽dagi postida u “Rossiya bilan til biriktirganlikka” oid barcha maʼlumotlarni allaqachon oshkor qilganini eslatdi.

AQSH hukumati Rossiyaning 2016 yilgi saylovlarda aralashishda aybladi, Moskva buni rad etib kelmoqda. AQSH adliya vazirligi maxsus prokuror Robert Myullerning Trampning Rossiya bilan ehtimoliy aloqalarini tekshirdi va “til biriktirish” dalillarini topolmadi.

Asosiy mavzular