00:15 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
323 0 0

Xalqaro tashkilot, eʼlon qilingan bayonotga koʻra, Qirgʻizistondagi vaziyatni tartibga solishda vositachilik qilishga tayyor

TOSHKENT, 7 okt — Sputnik. BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Qirgʻizistonda sodir boʻlayotgan norozilik aktsiyalaridan tashvishdaligini bildirib, qirgʻizistonliklarni muloqotga chorlagan. Bu haqda BMT Axborot markazi saytida eʼlon qilingan bayonotda aytilgan.

Xabarda qayd etilishicha, tashkilot yuzaga kelgan vaziyatni tartibga solish boʻyicha urinishlarni qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini bildirgan.

"Antoniu Guterrish Qirgʻizistondagi 4 kotyabrda boʻlib oʻtgan parlament saylovlari munosabati bilan 5 oktyabr kuni boshlangan protestlar bilan bogʻliq vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda. Protestlar davomida bir kishi halok boʻlgan, yuzdan ziyod insonlar jarohatlanganlar", - deyiladi bayonotda. Ushbu bayonotni bosh kotib nomidan uning matbuot-kotibi oʻqib eshittirgan.

Oʻzbekiston TIV Qirgʻizistondagi voqealar yuzasidan tashvish bildirdi >>>

Qayd etilishicha, Bosh kotib bir kishining oʻlimidan chuqur afsusdaligini bildirgan va voqealarning barcha ishtirokchilarini maksimal darajada bosiq boʻlishga hamda zoʻravonlikka yoʻl qoʻymaslikka chaqirgan.

U BMT vaziyatni tinch yoʻl bilan hal qilishga qaratilgan har qanday saʼy-harakatlarni, shu jumladan BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiyasi mintaqaviy markazi orqali qoʻllab-quvvatlashga tayyorligiga ishontirgan.

Asosiy mavzular