09:52 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
120322

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Ozarbayjon harbiylari Togʻli Qorabogʻda "tuzoqqa" tushib qolganini aytdi.

TOSHKENT, 8 okt — Sputnik. Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Ozarbayjon harbiylari Togʻli Qorabogʻda "tuzoqqa" tushib qolganini aytdi. Bu haqda u RBK telekanaliga bergan intervyusida soʻzlab berdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Hukumat rahbarining soʻzlariga koʻra, Armaniston va Togʻli Qorabogʻning harbiy boshliqlari  tan olinmagan respublika janubida yolgʻondan chekinishgan, shu tufayli ular Ozarbayjon harbiy korpusini aldab koridorga tushirishga muvaffaq boʻlishdi.

"Deyarli shu soniyalarda harbiy korpus qaqshatqich zarbalarni oladi. Menimcha, bu butun operatsiyaning hal qiluvchi lahza boʻladi", - deya taʼkidladi u.

Armaniston va tan olinmagan Togʻli Qorabogʻ respublikasi jamoatchiligi Rossiya Qorabogʻ mojaro zonasida harbiy harakatlarni toʻxtata olishiga ishonadi, deb aytdi chorshanba kuni Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan.

Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya Armanistonga, Ozarbayjonga ham taʼsir qilishi mumkin, ammo Turkiyani mojaro zonasini tark etishga majbur qilish kerak. Sarkisyan Moskva Anqaraga taʼsir qilishi mumkin deb hisoblaydi.

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev oʻz navbatida, Rossiyaning Qorabogʻ boʻyicha pozitsiyasi savol va daʼvolarni keltirib chiqarmaydi, deb aytdi.

Kreml Ozarbayjon va Armaniston oʻrtasidagi harbiy mojaro Togʻli Qorabogʻ chegaralaridan tashqariga chiqqanligi tasdiqlamaydi, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Navbatdagi keskinlashuv

27 sentyabrda Qorabogʻda navbatdagi mojaro avj oldi. Armaniston va Ozarbayjon oʻqqa tutish va tinch aholining qurbon boʻlganida bir-birini ayblashdi.

Armaniston Turkiya Ozarbayjon tarafida janglarda qatnashayotganini bir necha bor taʼkidlagandi. Anqara va Boku buni rad etmoqda, oʻz navbatida Turkiya hukumati soʻrovga binoan Ozarbayjonga har qanday yordam koʻrsatishga tayyorligini bildirdi.

Rossiya, Frantsiya, AQSH va BMT tomonlarni oʻt otishni toʻxtatish va mojaroni tinch yoʻl bilan hal qilishga chaqirdi. Shu bilan birga, Turkiya va Ukraina Bokuni qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.

1991 yilda aholisining aksariyati armanlar boʻlgan Togʻli Qorabogʻ  Ozarbayjondan mustaqilligini eʼlon qildi. Boku mintaqani kuch bilan qaytarishga urindi, shundan keyin urush boshlandi. 1994 yilda Ozarbayjon, Armaniston va Togʻli Qorabogʻ respublikasi Rossiya vositachiligi bilan sulh protokolini imzoladilar, ammo harbiy harakatlar vaqti-vaqti bilan qayta boshlanmoqda.

Asosiy mavzular